Get Mystery Box with random crypto!

Assotsiatsiya orqali ilk bor Janubiy Koreyada ta’lim olayotgan | WAYU.KOREA

Assotsiatsiya orqali ilk bor Janubiy Koreyada ta’lim olayotgan O’zbekistonlikar uchun grant dasturini e’lon qilinmoqda.

Ta’lim davlat va inson rivojlanishida eng asosiy vazifani bajaradi. Shu sababli vatandoshlarga qulaylik yaratish maqsadida Woojung Education and Culture Foundation, O’zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Elchixonasi va O’zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi Janubiy Koreyada bakalavr bosqichida ta'lim olayotgan yoshlar uchun birinchi bor grant dasturini e’lon qiladi. Mazkur dastur 2 bosqichdan iborat bo’lib, quyida batafsil ma'lumot olishingiz mumkin.

Grant sohiblari: 3 nafargacha
Grant miqdori: 4 million Koreya voni (har semestr)
Mutaxassisligi: Cheklov yo’q
Ariza uchun minimum baho: 3.8 CGPA (umumiy)
Semestr: 2-8 semestrda ta’lim olayotgan talabalar faqat

Ariza topshirish muddati: 14 iyul, 2021-yil

1-bosqich
Nomzodlar saralab olish: 16 iyul,
Suhbat: 18 iyul
Natijalar e’loni: 19 iyul

2-bosqich
Suhbat : e’lon qilinadi
Grant sohiblari: e’lon qilinadi


Mazkur grant dasturi to’liq shaffoflik bilan olib boriladi va grant sohiblari onlayn shaklda e’lon qilinadi.

Ariza to’ldirish uchun berilgan havolani ustiga bosing.

https://forms.gle/3V5TbWHkv2cFX3sy9