Get Mystery Box with random crypto!

Yoshlar vazirlar va boshqa amaldorlar bilan uchrashadi 20-21- | VIZITKA (Qo‘shiling)

Yoshlar vazirlar va boshqa amaldorlar bilan uchrashadi

20-21-dekabr kunlari Congress Hall binosida Toshkent yoshlar forumi – 2021 boʻlib oʻtadi.

Forumning dastlabki kunida ishtirokchi yoshlar Bosh vazir oʻrinbosari — Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov, Adliya vaziri Ruslanbek Davletov, AKT vaziri Sherzod Shermatov, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov, Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Otabek Hasanov bilan suhbatlashadi.

21-dekabr kuni esa Bosh vazir oʻrinbosari — Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov, Sogʻliqni saqlash vaziri Behzod Musayev, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev, Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sherzod Qudbiyev bilan yoshlar oʻrtasida suhbatlar boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Vazirlarga savollarni quyidagi Telegram-bot orqali yuborish mumkin: https://t.me/toshkent21bot

@vuz24_official