Get Mystery Box with random crypto!

NamDU talabasi jahon chempionatida kichik bronza medalni qoʻlg | VIZITKA (Qo‘shiling)

NamDU talabasi jahon chempionatida kichik bronza medalni qoʻlga kiritdi!

Toshkentda oʻtkazilayotgan ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionatida terma jamoamiz vakili O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi sport markazi sportchisi Adhamjon Ergashev -67 kg vazn toifasida ishtirok etdi.

Namangan davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti 3-bosqich talabasi Adhamjon Ergashev siltab koʻtarish mashqida 174 kg bilan bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Ma'naviyat va ma'rifat markazi NamDU jamoasi va Adhamjon Ergashevni g'alaba bilan muborakbod etadi. Keyingi musobaqalarda ham ulkan omad va zafarlar tilaydi!

@vuz24_official — Vazirlik huzuridagi Ma'naviyat va ma'rifat markazi rasmiy sahifasi