Get Mystery Box with random crypto!

#Mustaqillik_sharaf_lentasi Mustaqillik kuni muborak bo‘lsi | Voha yoshlari | Yoshlar ittifoqi

#Mustaqillik_sharaf_lentasi

Mustaqillik kuni muborak bo‘lsin, aziz yurtdoshlar!

Inson uchun ozodlikdan, erkin va farovon hayotda yashashdan qadrli ne’mat yo‘q. Bundan 31 yil avval, ya’ni 1991-yil 31-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasining Mustaqilligi e’lon qilindi. Shu kundan e’tiboran ushbu sana mamlakatimiz bo‘ylab katta shodiyonalar bilan nishonlanib kelinadi.

Bu yil ham yurtimizning barcha nuqtalarida mustaqillik kuni munosabati bilan bayram tantanalari katta shodiyona bilan nishonlanmoqda. Jumladan, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan istirohat bog‘lari, ko‘ngilochar maskanlar va aholi gavjum hududlarda “Mustaqillik sharaf lentasi” aksiyasi o‘tkazilmoqda.

Telegram sahifamiz
@VohaYoshlari