Get Mystery Box with random crypto!

MUSTAQILLIK SHARAF LENTALARI G'UZOR TUMANIDA HAM TARQATILMOQDA | Voha yoshlari | Yoshlar ittifoqi

MUSTAQILLIK SHARAF LENTALARI G'UZOR TUMANIDA HAM TARQATILMOQDA

G'uzor tumanida mustaqillik kuni munosabati bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi G'uzor tumani Kengashi raisi tashabbusi bilan istirohat bog‘lari, ko‘ngilochar maskanlar va aholi gavjum hududlarda “Mustaqillik sharaf lentasi” aksiyasi o‘tkazilmoqda.

Shuningdek tuman ittifoq sardorlari G'uzor tumani hokimi Bekzod Olimovichga ham sharaf lentasini taqishdi.

Yoshlar ittifoqi faollari yosh-u keksalarning ko‘ksiga “Mustaqillik sharaf lentasi”ni qadab qo‘yish jarayonida hamyurtlarimizning quvonchiga guvoh bo‘lishdi, tuman faxriylar esa mustaqilligimizning abadiy bo‘lishini tilab qo‘llarini duoga ochishdi.

O'ttiz bir yoshing muborak O'zbekistonim!

#G'uzor_tumani #mustaqillik #31yosh #sharaf_lentasi

Telegram sahifamiz
@VohaYoshlari