2021-09-01 09:23:03
Dunyo bo‘ylab o‘tkaziladigan yirik harbiy operatsiyalar erasi ham tugadi — AQSH prezidenti Afg‘oniston missiyasi tugagani haqida
Jo Bayden 31-avgust kuni Afg‘onistondan amerikaliklarning chiqib ketishi tugatilishi munosabati bilan nutq so‘zladi.
"Men bu oxiri yo‘q urushni ortiq davom ettirmoqchi emas edim", dedi Bayden murojaatda.
20 yillik urush AQSHning 2,5 ming harbiyining, 240 ming afg‘onning hayotiga zomin bo‘lgan, $2 trlnlik yo‘qotish keltirgan.
Hozir Afg‘oniston "Tolibon" nazorati ostida. Kecha harakat o‘z g‘alabasini mamlakat bo‘ylab nishonladi.
(videoda) "Amerika va NATO askarlari Afg‘onistonni tark etgan
31-avgust – bizning rasmiy mustaqillik kunimiz", deb nutq so‘zlagan "Tolibon" rasmiylari.
Afg‘onistonda faqat 200ga yaqin AQSH fuqarolari qolmoqda. Baydenga ko‘ra, ular o‘zlari istagan payt yurtiga qaytishi mumkin. Shuningdek, "Tolibon" inson huquqlarini himoya qilishga va mamlakatni tark etmoqchi bo‘lganlarga xavf tug‘dirmaslikka ham va’da bergan.
@Vodiycha_Savdo_uz
156 viewsOᴅᴅɪʏɢɪɴA BᴏʟᴀᴋᴀY シ︎, edited 06:23