Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum ! Bugun men ko'plab o'zi qilayotgan ishi yok | Essential Words | VOCABULARY

Assalomu alaykum !

Bugun men ko'plab o'zi qilayotgan ishi yoki o'rganayotgan tili yoki o'qiyotgan fanida ozgina qiyinchilikka duch kelsa ikkilanmay give up qilayotgan insonlarni ko'rib achinaman.Kelinglar ozgina lirik chekinish qilib o'z hayotim haqida aytib beraman.
O'zim 2001-yilman. Turk litsey degan Litsey mavjud.Shu maktabda o'qiganman.Men 9-sinfda Tarix fanidan olimpiadaga qatnashishga qaror qildim va usha yili o'rin ololmay qaytib keldim,usha vaqtda mening ko'z ongimda  tarix fani o'qituvchimga  ko'pchilik o'qituvchi va tanishlarim bu bola o'zi o'qimasdi,boshqa bolani olimpiadaga olib chiqishiz kerak edi deb  tanbeh berish.Bu voqea manga juda tasir qilgan,lekin men give up qilishni emas qattiq o'qishni va menga ishonmaydigan o'qituvchilarga nimalar qila olishimni ko'rsatib qo'yishga axt qildim.Shundan so'ng yozda barcha bollar o'ynab yurgan vaqtda kuniga 8-9 soatlab o'qiy boshladim. 10 va 11-sinflarda respublika olimpiadasigacha chiqdim,Tarix fanidan o'rin olib Diplamatiya universitetiga grand asosida o'qishga qabul qilindim.

Shu vaqtda o'qituvchilarim nima deganini bilasizlarmi ?

Bu bola o'zi yaxshi o'qirdida,katta natijaga erishishi aniq edi.
Diplamatiyaga kirgandan so'ng Ingliz  va Yapon tillarini o'rganib C1 darajasini qo'lga kiritdim,hozir esa Yaponiyaga o'qishga ketishga tayyorlanyapman.

Yoshlarga aytadigan gapim-kimdur sizlarni sen bu ishni qilolmaysan,bu ishing xato,sendan kuchlilar bor shu kabi gaplarni eshitsangiz shunchaki usha insonni tark eting va orzulariz tomon harakat qiling,natijasini aniq ko'rasilar.