Get Mystery Box with random crypto!

Diqqat-diqqat! Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika | Vobkent TXTB | Rasmiy kanal


Diqqat-diqqat!

Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan qishki ta’til davrida o‘quvchilarning intellektual, ma’naviy, axloqiy kamol topishiga ko‘maklashish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazib, kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida quyidagi ko‘rik-tanlovlar va kitobxonlik mashg‘ulotlari o‘tkaziladi:

“Men eshitgan ertaklar”
“Har kuni bir kitob”
“Kitobxon o‘quvchi”
“Kun kitobxoni”
“60 daqiqa kitobxonlik”


Har bir ko‘rik-tanlov haqidagi to‘liq ma’lumotlar Respublika bolalar kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasida berib boriladi.

Ushbu ko‘rik-tanlovlarda faol ishtirok eting va g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Respublika bolalar kutubxonasining esdalik sovg‘alariga ega bo‘ling!

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site