Get Mystery Box with random crypto!

Post qizlar uchun! Ikki yilcha oldin bir voqeaga guvoh bo'lg | витамин счастья

Post qizlar uchun!

Ikki yilcha oldin bir voqeaga guvoh bo'lgandim.
Uyimiz tarafda kimdir urushyapti ekan. Ovoz balandlashyapti tobora. Uyga kirib ketayotgandim beixtiyor orqamga qaradim.
Bir yigit yonidagi qizni so'kyapti. Kurakda turmaydigan, eshitgan quloq uyaladigan gaplar bilan. Qo'lida telefon (adashmasam qizniki) bilan nimanidirni do'q qilyapti . Qiz yig'layapti. Yigitni yelkasi, qo'lidan tutib nimanidir tushuntirishga harakat qilyapti. Shu payt yigit qizni siltab tashladi. Keyin orqadagi devorga rosmanasiga itarib yubordi. Zarb bilan.Odamlar kelib ularni ajratmoqchi bo'lishdi. Qiz shartmas deganday ularni jo'natib yubordi va yana qayta keldi yigitni oldiga. Yigit ketmoqchi bo'lib burilganda qiz ham “palonchi akajon”ining izidan qolmay ergashiiib bordi.

Ichimdan nimalarni o'tganini tushuntirib berolmasam kerak.

Hop, bu vaziyatni o'taaa muloyimlashtirib “ Yaxshi ko'rgan qizini tergadida, endi bo'lib turadiyu” deb qabul qilamizmi?
Yaxshi ko'radi? Tergadi?

Qachondan buyon aslida hech kim bo'lmagan kimdirga hisob beryapsiz?
“Sevadida, shu uchun qayg'uradi. Urushsayam rashk qilganidan. Rashk qilsa haqiqiy sevgi bo'ladi”.

Ota-onachi? Ular yaxshi ko'rishmaydimi, qayg'urishmaydimi, qizg'anmaydimi?
O'zboshimchalik qilib, bekinib pinhona gaplashib yurayotgan qiz avvalo oilaning yuziga oyoq qo'yayotmaganmikan? Ya'ni tarbiyasiga, oilaviy qadriyatlariga xiyonatga o'xshamaydimi bu?
Uniyam qo'yib turing.

Irodasi bo'sh, badjahl bunaqa uy xo'rozidan nima yoki kim kutyapsiz?
Ho'p turmush quring. Keyinchi?
Keyingi 10-20-30 yillikda o'zizni u bilan ko'ra olasizmi?
Farzandlarizga ota maqomidachi?
Shunchaki tasavvur qiling. Faqat bomdodga/tahajjudga uyg'otish, Qur'on o'qib berish, romantik kechki ovqat, yaxshi mavzularda suhbat, allaqayerlarga sayohat, quchoq-quchoq gullarni emas, undan kengroq diapazonda tasavvur qiling.
Eng yaxshi kunlaringiz ko'p bo'lsin, lekin eng yomon kun/larni tasavvur qilingchi. Nima qilasizlar?

Yigitidan xo'jayin yasab olish, aniqrog'i shunga qizning o'zi imkoniyat yaratib berishini tushunmayman. Qizlar, yoqadimi sizga shu?

Bir gap aytaymi, yaqinroq keling.
Ko'cha -xandon, uy -zindon tipidagi psixopat, bolaligidan travmalar bilan o'sgan hozirda esa abyuzerga aylangan bu oq otdagi shahzoda aynan melanxolik qizlarga yopishib olib, kanaday qonini ichadi. Aynan siz har qanaqa muomalaga ko'z yumaverganiz uchun ham “ha bunga nima desam/qilsam ham bo'laveradi” degan munosobatga loyiq ko'rilasiz. Keyin doim o'z haq-huquqingizni, qadr-qimmatingizni talab qilish bilan umringiz o'tishi mumkin.Hozirda sizda hayotingizdagi eng muhim bosqichlar ketyapti. Vaqtingizni bir-ikki og'iz shirin, lekin ichi po'k gaplarga tikib yubora olasizmi? Nima asosan ishonyapsiz?

Yana bir narsa eshitgandim.
Misol tariqasida tushuntirishga harakat qilaman.
Yigit chekadi/ichadi/namoz o'qimaydi.Qiz uni o'zgartirmoqchi, ya'ni tarbiyalamoqchi. Eh.
Yana eng ajoyibi yigiti falon ishni qilsa , qiz ham nimadir qilib berishi kerak. Xuddi kichikligimizda biror ishni evaziga oyimizdan shokolad olganday. Endi bu vaziyatda kim ona, kim bola?
Shu paytgacha nima qilib yurgan ekan o'zi? Har doim turtkiga muhtoj odam yaxlit oilani qanday idora qiladi? Bilmadim.

Empatiya, simpatiya, gormon, sevgi...
Shularni farqlay oladigan darajada ekanligingizga ishonchingiz komilmi?
Man farqlay olmayman, masalan.

Bilasizmi, oilasidan,ota,aka-ukalaridan mehr ko'rgan, o'zini ularga yaqin tutadigan qiz boshqa joydan mehr izlamaydi, ya'ni bunga ehtiyoj sezmaydi. Va aynan shunday qizlarda самооценка baland bo'ladi, meningcha.

Man hech qanaqa psixolog, izoterik qalbshunos, sotsiolog emasman.
Hayot haqida ham ko'p narsa bilmayman. Qaysidir nuqtadan o'sgan fikrlarim bu shunchaki.

Har kim o'z qarorining muallifi va hech kim boshqaning amali uchun javob bermaydi. Nima bo'lishidan qat'iy nazar aql bilan qaror qiling. Qaroringiz natijasida o'zingizni va yaqinlaringizni qo'yib ko'ring.Keyinchalik afsuslanadigan vaziyatda ko'rmang o'zingizni.

O'qing, rivojlaning,xayrlisini so'rang,loyiq bo'ling.

Mehr bilan
@rruhshi_me