Get Mystery Box with random crypto!

Word'ning ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan 5 sirli xususiyati Ma | IT• BLOG

Word'ning ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan 5 sirli xususiyati

Ma’lum bo‘lishicha, barchaga yaxshi tanish bo‘lgan Word matn muharririda juda ko‘p foydali kichik xususiyatlar yashiringan bo‘lib, ular bir jihatdan hayotni sezilarli darajada soddalashtirsa, ikkinchi tomondan esa eng keng tarqalgan muammolar va foydalanuvchilar tomonidan yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan ba’zi xatolarning oldini oladi.

Ushbu postimizda biz ular orasidan eng qiziqarli 5 tasini keltirishga qaror qildik:

. Sana va vaqtni joylashtirish

Bugungi sana va vaqtni tezkor ravishda oddiy klavishlar birikmasi yordamida joylashtirish mumkin, boz ustiga ushbu hujjat saqlangan holda har kuni ochib foydalanilsa, sana/vaqt ham mos ravishda yangilanib boradi.

Ushbu vaziyatda hujjatga sanani kiritish uchun SHIFT + ALT + D (day), vaqtni kiritish uchun esa SHIFT + ALT + T (time) birikmasi bosiladi.

. Satr osti va satr usti ko‘rinishida matn kiritish

Ko‘pchiligimiz hujjatda formulalarga ro‘baro‘ bo‘lganda satr osti va satr usti simvollarini kiritishni qulaylashtirish borasida bosh qotirganimiz aniq.

Buni amalga oshirish juda oson! Satr usti simvollari uchun SHIFT + CTRL + =, satr osti simvollarini kiritish uchun esa CTRL + = klavishlari birikmasini bosish kifoya.

Ushbu birikmalarni qayta bosish evaziga oddiy matn kiritish rejimiga qaytiladi.

. Sonlarni so‘z ko‘rinishda keltirish

Agarda hujjatda qo‘shimcha tarzda so‘z ko‘rinishida keltirilishi lozim bo‘lgan sonlar ko‘p bo‘lsa (hisob-kitob va shartnomaviy hujjatlar), ushbu ishni ancha qulaylashtirish mumkin.

Buning uchun CTRL + F9'ni bosamiz, figurali qavslar ichiga sonni ushbu formatda kiritamiz: =4589\*cardtext. F9'ni bosamiz va tenglik belgisidan keyin turgan son hujjatda so‘z ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.

. Harf katta-kichikligi (registri)ni tezkor almashtirish

Agarda ehtiyotsizlik bilan matnning aksariyat qismini “Caps Lock” faollashgan holatda kiritganingizga guvoh bo‘lsangiz, bundan fojia yasab matnni o‘chirishga shoshilmang.

Shunchaki hujjatda o‘zingizga kerakli matn fragmentini belgilash va SHIFT + F3 birikmasini bosish orqali harf registrini katta harfdan kichik harf ko‘rinishiga o‘tkazing (va aksincha).

. Ro‘yxat elementlari o‘rnini oson almashtirish

Siz ham ro‘yxat elementlari tartibini o‘zgartirishda matnni belgilab, kesib olib, so‘ngra kerakli satrga joylashtirasizmi? Unda ushbu tavsiyamiz aynan Siz uchun!

Yuqorida keltirilgan an’anaviy harakatning o‘rniga satr tarkibini belgilang va SHIFT + ALT + ↑/↓ klavishlarini bosib, ro‘yxat elementlarini mos tarzda yuqoriga/pastga qaratib siljiting.
IT *BLOG Siz uchun ishlaymiz #word