Get Mystery Box with random crypto!

Python haqida Bugungi kunning zamonaviy texnologiyalarini | OnlineDarsUz

Python haqida

Bugungi kunning zamonaviy texnologiyalarini ishlab chiqishda jumladan web, mobail yo'nalishlarida hamda sun'iy intellekt tizimlarini yaratishda ulkan yutuqlarga erishilmoqda. Mana shu yutuqlarga erishishda Python darsturlash tilini o’rni juda katta.
Hozirgi kunda axborot texnologiyalarini juda ko’p sohalarida python dasturlash tilidan foydalanilmoqda. Bunga bir necha misollar keltirib o’tishimiz mumkin. Instagram ijtimoiy tarmog’i aynan python dasturlash tilida yaratilgan. Bundan tashqari sun'iy intellekt tizimlarida harakatlanadigan robotlar, aqlli qurilmalarning yaratilishi ham ko’p jihatdan python dasturlash tiliga bog’liq.

Python bu o’rganishga oson va shu bilan birga imkoniyatlar yuqori bo’lgan zamonaviy dasturlash tili. Python yuqori darajadagi ma’lumotlar strukturasi va oddiy va samarador obyektga yo'naltirilgan dasturlash uslublarini taqdim etadi. Pythonni o’zi xos xususiyatlari juda ham ko’p, uni katta va kichik loyihalarga ishlatish mumkin.

Pythondan foydalanib quyidagi dasturlarni yasash mumkin
Web dasturlash (Backend, telegram bot)
Tizimlar uchun (utilitlar)
Desktop dasturlar
O’yin dasturlar
Sun’iy intellect, data science

2020-yilda o'rganish uchun eng yaxshi dasturlash tillari orasida ham python yetakchi o’rinni egallagan
1. Python
2. Java
3. JavaScript
4. Swift
5. C#

Pythonda yaratish mumkin bo’lgan dasturlarni chegarasi yo’q va imkonyatlari yuqori. Shuningdek u sodda va universalligi bilan boshqa dasturlash tillaridan ajralib turadi.

Python dasturlash tilini o’rganing va dunyoning istalgan yetakchi kompanyalarining birida ishlash imkoniyatiga ega bo’ling.

Sifatli va arzon video kursni atiga 99 000 so'm evaziga quyidagi link orqali sotib oling!
https://virtualdars.uz/home/course/python-asoslari/7

Do'stlaringizga ham ulashing! @virtualdarsuz