Get Mystery Box with random crypto!

Meni shundayligimcha qabul qil. Haqiqiy do'stlar seni boringc | 𝑋𝑎𝑐𝑘 𝐿𝑖𝑓𝑒

Meni shundayligimcha qabul qil.
Haqiqiy do'stlar seni boringcha qabul qilishadi - bo'lmagan gap.

Ijtimoiy tarmoqlarda eng ko'p tarqalgan statuslardan biri, yuqoridagi so'zlar. Juda yuzaki va pafos uchun aytilganligi 300 km dan bilinib turibdi. Seni boring bo'yicha faqat ota-onang qabul qiladi. Chunki boshqa yo'li yo'q (o'zing pishirgan osh deganlaridek).

Haqiqiy do'stlar (ulfatlar emas), seni qanday bo'lsang shunday qolishingga rozi bo'lmaydi. Ular seni o'sishingni, rivojlanishingni, odobliroq, aqlliloq, boyroq bo'lishingni xohlashadi. Xatolaring bo'lsa yuzingga aytishadi, gunoh qilishingga rozi bo'lishmaydi.

O'z fikrini va hayot tarzini (yaxshi tarafga) o'zgartirishdan bosh tortayotgan odam yutqazadi. Bu kibr belgisi. "Borim shu, shundayligimcha qabul qil" - o'z aybini (dangasaligini) berkitish uchun bir bahona xolos.

O'zingdan o'zing bir so'rab ko'r. Do'stlaring bilan nega vaqt o'tkazayapsan? Ulardan ilm, tarbiya, tajriba, axloq olayotganing uchunmi yoki ular ham rijovlanmaganligi sababli senga ular bilan vaqt o'tkazish qulay bo'lganigami?

Agar ikkinchi variant bo'lsa, ularni tark etishga shoshilma. Sen parovoz bo'l. O'zingda borini ularga ber. Qaysidur insonlar menga shunday qilganligi uchun ham men hozir ulardan o'ta minnatdorman.

P.S.
"Ezvordiz aka, bo'ldi o'zimni rivojlantirishga tayyorman, eting nima qilay?" degan nido paydo bo'lgan bo'lsa ichingda, bu maqola o'z vazifasini bajaribdi.

"Tursumboy tormoz bo'lgani uchun undan kechishim kerak ekan endi" degan fikr kelgan bo'lsa, maqolani oxirigacha o'qimabsan. Chiq tepaga.
@xacklife