Get Mystery Box with random crypto!

SAVOL: Soliq monitoringini muddatidan oldin tugatish mumkinmi? | Samarqand viloyati soliq boshqarmasi

SAVOL: Soliq monitoringini muddatidan oldin tugatish mumkinmi?

Davlat Akromov

JAVOB: Soliq kodeksining 172-moddasiga muvofiq, soliq monitoringi quyidagi hollarda muddatidan oldin tugatiladi:

axborotga doir hamkorlik reglamenti yuridik shaxs tomonidan ijro etilmaganda, agar bunday ijro etmaslik soliq monitoringini o‘tkazish uchun to‘siq bo‘lgan bo‘lsa;

soliq organi tomonidan soliq monitoringini o‘tkazish chog‘ida yuridik shaxs tomonidan ishonchli bo‘lmagan axborot taqdim etilganligi fakti aniqlanganda;

soliq monitoringini o‘tkazish jarayonida ushbu Kodeksning 173-moddasida nazarda tutilgan tartibda hujjatlar (axborot), tushuntirishlar soliq organiga muntazam ravishda (ikki marta va undan ortiq) taqdim etilmaganda.

Soliq organi ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan holatlar aniqlangan kundan e’tiboran o‘n kun ichida, lekin soliq monitoringi o‘tkazilayotgan davrdan keyingi yilning 1-iyunidan kechiktirmay yuridik shaxsni soliq monitoringini muddatidan oldin tugatish to‘g‘risida yozma shaklda xabardor qiladi.

Savolga Samarqand viloyati DSB davlat soliq bosh inspektori Umid Alimov javob berdi.

Тelegram | Facebook | Youtube