Get Mystery Box with random crypto!

Bitta kompyuterga ikki xil operatsion tizim o'rnatish mumkinmi | Videomax.uz - Rasmiy Kanal

Bitta kompyuterga ikki xil operatsion tizim o'rnatish mumkinmi? Yohud virtual mashinalar haqida.

Aytaylik, siz Windows o'rnatilgan kompyuter ishlatasiz va Mac uchun dastur yozasiz, yoki Linux ishlatasiz ammo Windows uchun yaratilgan o'yinni o'ynagingiz keldi.

Bunday vaziyatda qo'shimcha kompyuter sotib olishingizga hojat yo'q. Virtual mashinalar sizni qutqaradi.

Virtual mashina — bu kompyuteringiz ichidagi qo'shimcha kompyuter. Unga har qanday operatsion tizim, dastur o'rnatishingiz mumkin. Texnik jihatlarni esa kompyuteringizdan olib turadi. Masalan, kompyuteringiz xotirasi 500 GB, virtual mashinangizga 100 GB berasiz. va asl kompyuteringizda 400 GB qoladi.

Virtual mashinalarni o'rnatish uchun asosan VMWare va VirtualBox dasturlaridan foydalaniladi. Qanday foydalanishni esa YouTube o'rgatadi.

Sizningcha qaysi operatson tizim eng qulay?
_______________