Get Mystery Box with random crypto!

Avvalroq, Qashqadaryo viloyatining Gʻuzor tumanida joriy yilni | VET INFORMATION

Avvalroq, Qashqadaryo viloyatining Gʻuzor tumanida joriy yilning 20 iyun 4 yashar bola nomaʼlum kasallikdan vafot etgani haqida xabar bergandik. Oradan uch kun oʻtib, uning qarindoshi 6 yashar (qiz) ham vafot etgandi.

Shifokorlar qizchaga ham, uning amakivachchasi boʻlgan 4 yashar bolaga ham tashxis qoʻyolmagan. Bolalarga tashxis qoʻyish uchun Samarqanddan chaqirilgan shifokorlar ham kasallikni aniqlay olmagan.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatidan maʼlum qilinishicha, gʻuzorlik bolalar Qrim-Kongo virusi tufayli vafot etgan.

Xizmatning oʻta xavfli yuqumli kasalliklar boʻlimi bosh mutaxassisi Umir Mirzayevga koʻra, mazkur virus asosan chorva mollarida boʻladigan kanadan yuqishi mumkin.

Kasallik tabiiy sharoitda oʻzida gemorragik isitma virusini saqlaydigan kanalarning chaqishi va qoʻllarni kana qoni bilan ifloslanishi natijasida odamlarga yuqadi. Yana bir xavfli tomoni – bu QKGI bilan ogʻrigan bemorning qoni orqali ham gemokontakt yoʻl bilan sogʻlom odamga yuqadi. Kasallikning yashirin davri oʻrtacha 2-3 kun davom etadi. Baʼzida bu davr bir necha soatlargacha qisqaradi yoki 14 kungacha choʻziladi.

Uning aytishicha, Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligidan saqlanish uchun quyidagilarga rioya qilish tavsiya etiladi:

• badanga kana yopishganligi aniqlansa, yaqin joylashgan tibbiyot muassasasiga murojaat qilish kerak;

• kanalarni qoʻl bilan ezib, qaychi bilan kesib oʻldirmaslik, qirqim mavsumiga yosh bolalar, oʻsmirlar va homilador ayollarni jalb etmaslik, sut sogʻish jarayonida sigirlardan kanani qoʻl bilan olmaslik;

• kananing ustki qismiga 1 tomchi oʻsimlik moyi tomizilsa kana oʻladi;

• chorvachilik bilan shugʻullanadigan aholi yiliga 2 marta dezinfeksiya ishlarini amalga oshirishi kerak;

• eski molxonalarda vaqti-vaqti bilan taʼmirlash ishlarini olib borish kerak;

• qirqim vaqtida faqat maxsus himoya kiyimlardan (qoʻlqop, yeng va pochalari mustahkam berkiladigan shim, kamzul, rezina etik) foydalanish, shaxsiy gigiyena qoidalariga puxta amal qilish kerak. Manba :Qalampir.uz

@vetnewsoffical