Get Mystery Box with random crypto!

«Gʻamgin boʻlmang! Quyidagi qoidalar sizni saodatga eltadi: 1 | ◡̈⃝

«Gʻamgin boʻlmang! Quyidagi qoidalar sizni saodatga eltadi:

1. Agar siz bu kun chegarasida yashamas ekansiz, zehningiz tarqoq boʻlib, har ishda iztirobga tushasiz, gʻam-qaygʻularingiz koʻpayadi. «Tongga kirsang, tunni kutma, tunga kirsang, tongni kutma».

2. Oʻtmish gʻam-gʻussalarini unuting, oʻtmishdagi ishlar uchun gʻam chekish ahmoqlikdir.

3. Kelajak tashvishini ham hozirdan chekmang. Chunki u gʻayb olamidir, kelajak kelguniga qadar u haqida oʻylashni tashlang.

4. Birovlarning tanqidlariga parvo qilmang, solih amallar qilishda sobitqadam boʻling. Tanqid sizning qiymatingizni baholaydi.

5. Allohga iymon keltirish, solih amal qilish goʻzal, baxtli hayot garovidir.

6. Osoyishtalik, xotirjamlik va rohatni istagan kishi Allohni koʻp yod eslasin.

7. Barcha narsa Mavlomizning qazosi va qadari bilan ekanini biling.

8. Oʻzgalardan minnatdorchilik kutmang.

9. Nafsingizni eng yomon oqibatlar ehtimolini ham koʻtara olishga oʻrgating.

10. Balki oʻsha ish sodir boʻlsa, uning ortida siz uchun yaxshilik bordir.

11. Qazoning barchasi musulmon uchun yaxshilikdir.

12. Rabbingiz sizga ato etgan neʼmatlar haqida fikr qiling va unga shukr qiling.

13. Siz oʻzingizga berilgan imkoniyatlar bilan odamlarning koʻpidan ustun ekaningizni biling.

14. Har ikki soat oraligʻda farovon hayot bordir.

15. Inson boshiga tushgan musibat uni duo qilishga, Parvardigoriga bogʻlanishga undaydi.

16. Musibatlar aql va qalbning malhamidir.

17. Albatta qiyinchilik ortidan yengillik ham bor.

18. Arzimas sinovlarga ruhiyatingiz sinib, taslim boʻlib qolmang.

19. Parvardigoringizning magʻfirati kengdir.

20. Gʻazablanmang! Hech qachon gʻazablanmang.

21. "Osmonda esa, sizlarning rizqlaringiz (yomgʻir) va sizlarga vaʼda qilinayotgan narsa (jannat) bordir". Zariyot surasi, 22-oyat.

22. Sizni xavotirga solayotgan ishlarning koʻpi amalda yuz bermaydi.

23. Musibat egalaridan ibrat oling.

24. Alloh taolo kimni yaxshi koʻrsa, uni imtihonlari bilan sinaydi.

25. Gʻam-qaygʻuni arituvchi vird va duolarni koʻp takrorlab yuring.

26. Kerakli va foydali amallar bilan mashgʻul boʻling, bekorchilikni tark eting.

27. Har xil igʻvoyu mishmishlardan yiroq boʻling, asossiz va dalilsiz hech qachon ularga ishonmang.

28. Adovatga oʻch olishga boʻlgan tashnalik dushmaningizdan koʻra oʻzingizning sogʻligingizga zarardir.

29. Boshingizga tushgan musibat va sinovlarga chiroyli sabr qilishingiz gunohlaringiz uchun kafforatdir.


"Oʻkinma" kitobidan