Get Mystery Box with random crypto!

Uyga vazifa

Telegram kanalining logotibi vazifa_uyga — Uyga vazifa U
Telegram kanalining logotibi vazifa_uyga — Uyga vazifa
Kanal manzili: @vazifa_uyga
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 57

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 34

2022-08-09 07:36:57
8-avgust kuni 1-smenaga tushgan majburiy tarix fanidagi testlar tahlili | Ilyosxo'ja Bekmirzayev
29 views04:36
Ochish/sharhlash
2022-08-08 21:51:31
DTM imtihonlarining 1-kuni qanday bo'lib o'tdi? Test savollari osonmi? Shpargalkalar berilmoqdami?
27 views18:51
Ochish/sharhlash
2022-08-08 14:26:557 usul orqali testlarni to‘g‘ri ishlashni o‘rganing!

Imtihon asosan 4 variantli test ko‘rinishida bo‘lishini hisobga olib, sizlarni shu turdagi testlarni to‘g‘ri ishlash usullari bilan tanishtirib o‘tamiz.

Testdagi savol va savol sharti bilan yaxshilab tanishing.
Savoldan tashqari, savolning qo‘shimcha sharti bo‘lishi mumkin. Savolning shartiga yaxshilab e’tibor bering. Javob variantlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sakramasdan, sharti bilan yaxshilab tanishing. Savolning biroz chalg‘ituvchi shartlari bo‘lishi mumkin.

Avvaliga oson savollarga javob bering.
1-qadamdan so‘ng, oson savollarga javob berib chiqing. Bu sizga imtihonning savollari, formati va qiyinchiligi bilan tanishib chiqish imkonini beradi. Eng muhimi esa test boshlanishi bilanoq bir qancha savollarga to‘g‘ri javob berishingiz, o‘zingizga ishonchni keskin oshiradi.

Javoblarni xayolda topishga harakat qiling.
Savolni o‘qing va javob variantlarini qo‘lingiz yoki bir parcha qog‘oz bilan berkitib, xayolingizda eng yaxshi javob nima bo‘lishi mumkinligini o‘ylang. O‘xshash variantlar odatda chalg‘itib yuboradi. Oldindan o‘ylab olsangiz, shunday chalg‘ib qolishdan saqlanasiz.

Har bir javob variantini o‘qing.
Hamma variantlarni o‘qing. Javob to‘g‘ri ko‘rinishi mumkin, lekin siz topgan javobdan ham to‘liqroq va aniqroq javobni tashlab ketayotgan bo‘lishingiz mumkin.

“Chiqarib tashlash” usulidan foydalaning.
Agar savol sizga qiyin tuyulsa va to‘g‘ri javobni bilmasangiz, noto‘g‘riligi aniq bo‘lgan javoblar ustidan ruchkada chizib tashlang. Qolgan variantlar orasidan javobni belgilashingiz, to‘g‘ri javobni topishingiz ehtimolligini oshiradi.

“Barcha javoblar to‘g‘ri” shaklidagi savollar
Aytaylik, “barcha javoblar to‘g‘ri” degan javob varianti bor. 2 ta javob to‘g‘riligini bilsangiz, “barcha javoblar to‘g‘ri” degan variantni tanlayvering.

Har bir savolga javob bering.
DTM tizimida noto‘g‘ri javoblarga jarima berilmaydi, ya’ni noto‘g‘ri javob uchun ball ayirib tashlanmaydi. Shunday ekan, barcha savollarga javoblarni belgilang. To‘g‘ri javoblarni topish ehtimolingiz oshadi.
29 viewsedited  11:26
Ochish/sharhlash
2022-08-08 13:42:21 #Bilasizmi

Abituriyent quyidagilarga shaxsan javobgar hisoblanadi:

javoblar varaqasini havo rang pastali sharikli ruchka bilan toʻldirish;

javoblar varaqasini bukmaslik, marker chizigʻiga yozmaslik, javoblar varaqasi raqami ostida joylashgan doirachalarni boʻyamaslik;

javoblar varaqasi bilim darajasini belgilovchi asosiy hujjat boʻlganligi uchun uni toʻgʻri toʻldirish;

belgilangan vaqt tugaguniga qadar test topshiriqlari kitobida mavjud test topshiriqlarini bajargan holda javoblar varaqasining mos tartib raqamidagi tegishli doirachalarini boʻyab, test topshiriqlari kitobini va unga mos boʻlgan javoblar varaqasini guruh nazoratchisiga topshirish.
27 views10:42
Ochish/sharhlash
2022-08-08 13:34:59 Abituriyentlar testga kirish uchun u yerga qanday hujjat bilan borishi kerak ?

Abituriyentlar test topshirishi uchun «Abituriyent ruxsatnomasi» hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjati bilan borishi kerak.

Abituriyentlar test sinovlariga quyidagi shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar bilan kirishlari mumkin:


odatiy (yashil rangli) pasport

ID-karta;

Xorijga chiqish pasporti (qizil rangli);

harbiy xizmatchilar uchun harbiy guvohnoma (harbiyda ishlamaydiganlar uchun oʻtmaydi).

Ushbu hujjatlarning istalgan biri hamda abituriyent ruxsatnomasi bilan test sinovlariga kelishingiz mumkin.
27 views10:34
Ochish/sharhlash
2022-08-08 08:11:31 Bugun oliy oʻquv yurtlariga test imtihonlari boshlandi. Barcha abituriyentlarga omad tilab qolamiz!

Kelajak taqdiri qalam uchida,
Aqlingiz aniqlar a’molingizni.
Koʻngilni keng qiling, oʻylanmang juda,
Alloh oson qilsin savolingizni!

Bilaman, yurakda ozroq hayajon,
Biroq koʻnglingizda, rejalar katta.
Qadrdon singiljon, aziz ukajon,
Talaba boʻlgaysiz shu yil albatta!

Oʻlmasbek Samarqandiy.
35 views05:11
Ochish/sharhlash
2022-08-07 15:48:11 Learn Python 1.0.1: основы программирования на Python. Модификация.
34 views12:48
Ochish/sharhlash
2022-08-07 10:04:26 Koʻzlaring yonib, yaltillab test ishlashing kerak, tushunyapsanmi? Test varaqalar kuyib ketsin!

Bu 2 yil oldingi audio boʻlsada har doim dolzarb boʻlib qolaveradi. Bu ustozning oʻz oʻquvchilariga boʻlgan jonkuyarligi taxsinga loyiq!

Qaniydi, Oʻzbekistondagi barcha ustozlar oʻquvchilariga shu ustoz kabi befarq boʻlishmasa. Qayta qayta eshitib zavq olasiz.
40 viewsedited  07:04
Ochish/sharhlash
2022-08-06 14:20:36 Az Canli TV

Futbol ko'radigan kanallar barchasi shuni ichida

@vazifa_uyga
52 viewsedited  11:20
Ochish/sharhlash
2022-08-06 10:52:10
6-avgust 18:20 da Xorazm TV telekanali kechki dasturlarida BREYN RING intelektual o‘yini navbatdagi soni!

Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy o‘tgan Breyn-ring dasturining navbatdagi sonini bugun kechki dasturlarda tomosha qiling!

@xorazm_musiqa_sanati
38 views07:52
Ochish/sharhlash