Get Mystery Box with random crypto!

Bugun milliy sertifikat imtihoni uchun ro‘yxatdan o‘tishning s | Uyga vazifa

Bugun milliy sertifikat imtihoni uchun ro‘yxatdan o‘tishning soʻnggi kuni

10-aprel kuni ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot, tarix hamda geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlangan edi.

Bugun, 24-aprel — mazkur fanlardan milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olishning (to‘lov qilish — 25-aprel) soʻnggi kuni hisoblanadi.

Unda ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar kun yakuniga qadar my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Bunda test sinovlari ona tili va adabiyot fanidan 14-may kuni, tarix va geografiya fanlaridan 21-may kuni boʻlib oʻtadi.

Milliy sertifikat natijalari qanday hisoblanadi?

Milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha asosiy ma’lumotlar

Kanalga ulanish
https://t.me/uztdi