Get Mystery Box with random crypto!

#Qonunchilikdagi_yangiliklar Texnikumlarda sirtqi hamda kech | Uyga vazifa

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Texnikumlarda sirtqi hamda kechki ta’limni tashkil etish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (411-son, 28.07.2022-y.) bilan Oʻrta va oʻrta maxsus professional ta’lim muassasalarida sirtqi hamda kechki ta’limni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida nizomlar tasdiqlandi.

Unga koʻra, sirtqi va kechki ta’limga oʻquvchilarni qabul qilish:

sirtqi va kechki shaklda – boshlangʻich professional, kasb-hunar kolleji, umumiy oʻrta (11-sinf negizida) yoki oʻrta maxsus ma’lumot toʻgʻrisidagi tegishli hujjatga;

ikkinchi va undan keyingi kvalifikatsiya(lar) berishning sirtqi va kechki shaklida – bir kasb yoki mutaxassislik doirasida ikkinchi va undan keyingi kvalifikatsiya(lar)ni egallash uchun tegishli kasb yoki mutaxassislik boʻyicha professional ta’lim olganligi toʻgʻrisidagi hujjatga ega shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.

Oʻquvchilarga oʻquvchilik guvohnomasi bepul beriladi.

Oʻquv semestri yakunigacha sirtqi ta’limda oʻqish mustaqil, shu jumladan, masofadan turib ta’lim olish shaklida amalga oshiriladi.

Kechki ta’limda esa oʻqish odatda kunduzgi smenadan keyingi vaqtda auditoriya mashgʻulotlari (ma’ruza, amaliy, laboratoriya) shaklida hamda oʻquvchilarni asosiy ish joyidan ajralmagan holda mustaqil, shu jumladan, masofadan turib oʻqitish shaklida amalga oshiriladi.

Kechki ta’limda oʻqish (kunduzgi ta’limdan farqli ravishda) bir haftada, odatda, 4-5 kun amalga oshiriladi va haftalik oʻquv soati hajmi 20 soatdan oshmaydi.

Sirtqi ta’lim oʻquvchilariga oʻquv sessiyasida ishtirok etishi, bitiruvchi bosqich oʻquvchilariga yakuniy davlat attestatsiyalaridan oʻtishi, bitiruv malakaviy ishini himoya qilishi uchun ishlab turgan joyidan kamida 30 kalendar kunlik oʻrtacha oylik maoshi saqlangan qoʻshimcha ta’til beriladi.

Mazkur tartiblar Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.