Get Mystery Box with random crypto!

Oʻzbekiston Respublikasi doimiy aholisi sonining oʻsishi 100-y | Valley Innovative University | Rasmiy kanal

Oʻzbekiston Respublikasi doimiy aholisi sonining oʻsishi 100-yillik koʻrsatkichda eʼlon qilindi.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 1920-yilda Oʻzbekiston doimiy aholisi 4,4 mln kishini tashkil etgan boʻlsa, 1930-yilda bu koʻrsatkich 4,9 mln kishiga teng boʻlgan.

Bundan tashqari, 1940-yilda – 6,6 mln kishi, 1950-yil – 6,2 mln kishini tashkil qilgan.

Shuningdek, Oʻzbekiston doimiy aholisi soni 1960-yilda 8,4 mln kishiga, 1970-yilda 11,8 mln kishiga teng boʻlgan.

Ushbu koʻrsatkich qolgan yillar kesimida quyidagicha koʻrinishga ega:

1980-yil — 15,8 mln kishi;
1990-yil — 20,2 mln kishi;
2000-yil — 24,5 mln kishi;
2010-yil — 28 mln kishi;
2020-yil — 33,9 mln kishi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram | TikTok | YouTube | Sayt | Twitter