Get Mystery Box with random crypto!

Tun-u kunda savdo qaynardi, Hudo oʻzin berganin oldi. 5 gektar | Vakant | Kokand 〽️

Tun-u kunda savdo qaynardi,
Hudo oʻzin berganin oldi.
5 gektarlik maydonni qurshab,
Kecha "Qoʻqon bozori" yondi.

Musibatga sababchi boʻlgan,
Ayting doʻstlar oʻsha kim ekan?
Bejiz aytgan emas bobolar,
Dushanba kun "ogʻir" kun ekan.

Minglab inson kasod boʻldi-yu,
Halol tergan risqidan qoldi.
Asli sohta musulmonlardan,
Tabiat ham alamin oldi.

Koʻp yigitlar "Sunnat ahir" deb,
Uzun-uzun soqol qoʻyardi.
Ichib, chekib, yolgʻon gapirib,
Harom ishni barin qilardi,

Ba'zi manfur "Soliha" larim,
"Ibo" deya chimmat yopardi.
Restoran, bar , diskotekada,
Iymonini tekin sotardi.

Mahsulotda yolgʻon koʻp edi,
Pochkalarda nuqson chiqardi.
Kiyimning oq rangin koʻrsatib,
Qadoqlashda qora tiqardi.

Oʻgʻrisi koʻp edi bozorning,
Kunda pullar yoʻqolar edi.
"Qoʻqoningning bozori bu..." deb,
Har hil gaplar tarqalar edi.

Tartibsizlik qaynab har kuni,
Avj olardi bastma-bastiga,
Oʻzbekning eng katta bozori,
Yonib ketdi shular dastiga .

"Zakot" nima bilishmas edi,
Halollarga berardi ozor.
Oʻt keltirdi "Qoʻqon shamoli"
Asli bejiz yonmadi bozor.

Yo, balki-da qaysidir boyning,
Bozorqoʻmda bormidi qasdi?
Ne ham derdik Mumtozbegim jim,
Tushunmayin qolyapman rosti.

Bir paytlar tirikchilik deb,
Har yonini kezib yurganman.
Menga tanish har bitta rasta,
Yonib-kuyib savdo qilganman.

Kecha asli bozor yonmadi,
Savdogarning yuragi yondi.
Taqdirlarga qarshi chiqish yoʻq,
Hudo oʻzin berganin oldi.

Koʻp nolimay, shukurlar qilib,
Qoʻlni-qoʻlga beramiz endi.
Iymon, taq'vo , haqiqat bilan,
Yangi bozor quramiz endi.

45 kunda kanal qazganmiz,
Bozor qurish nima boʻlibdi.
Shoiraga qalam yoʻndirib,
Kecha "Qoʻqon bozor " yonibdi.

Mumtozbegim

@Vakant_Kokand_Official