Get Mystery Box with random crypto!

#Sirdaryo viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon | Vacancy.argos.uz | Vakansiyalar portali

#Sirdaryo viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:

Yangiyer shahar hokimligi: "Yuksalish" mahallasidagi hokim yordamchisi;

Ijtimoiy himoya milliy agentligining Sayxunobod tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi:

— 1-hudud 2-uchastka (O'rikzor MFY, Yangi hayot MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko'rsatuvchi xodim;

— 5-hudud 2-uchastka (Nurli yo'l MFY, Guliston MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko'rsatuvchi xodim.

Arizalar 22.05.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligining Boyovut tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi:

— 7-hudud 2-uchastka (Navbahor MFY, Ziyokor MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko'rsatuvchi xodim;

— 9-hudud 2-uchastka (Anorzor MFY, Bekat MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko'rsatuvchi xodim;

Sirdaryo tumani qishloq xo'jaligi bo'limi: Moliya va shartnoma bo'yicha bosh mutaxassis;

Xovos tumani qishloq xo'jaligi bo'limi: Bo'lim boshlig'i o'rinbosari.

Arizalar 23.05.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma

Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma

Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93

Murojaat uchun bot — @vacancy_argos_bot

Vakansiyalar kanali — @vacancy_argos