Get Mystery Box with random crypto!

#Xorazm viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov eʼlon qi | Vacancy.argos.uz | Vakansiyalar portali

#Xorazm viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov eʼlon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Xorazm viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov eʼlon qilindi:

Xonqa tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limi:

Obodonlashtirish, kommunal va yo‘l xo‘jaligini rivojlantirish tadbirlarini moliyaviy ta'minlash bo‘yicha bosh mutaxassisi;

Yangiariq tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limi:

Jismoniy va yuridik shaхslar murojaatlarini muvofiqlashtirish va nazorat qilish bo`yicha bosh mutaхassis;

Xorazm viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi:

Hududlarni rivojlantirish va investitsiya dasturlarini shakllantirish, davlat dasturlarini va maхsus jamg`armalar faoliyatini moliyalashtirish va monitoring qilish bo`limi bosh mutaхassisi;

Bog‘ot tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi:

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo`limi boshlig`i;

Bog‘ot tuman hokimligi:

“Nurafshon” mahallasi hokim yordamchisi;

Hazorasp tuman hokimligi:

"Ovshar" mahallasi hokim yordamchisi;

Ijtimoiy himoya milliy agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi:

Urganch tumani “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazi 4-hudud 2-uchastkada (Oq maktab MFY, Adolat MFY) kompleks ijtimoiy хizmat ko`rsatuvchi хodim.

Arizalar 23.04.2024-yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizani elektron yuborish tartibi boʻyicha videoqoʻllanma

Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uzʻdan roʻyxatdan oʻtish boʻyicha videoqoʻllanma

Agentlikning Xorazm viloyati filiali — 62-223-02-65

Murojaat uchun bot — @vacancy_argos_bot

Vakansiyalar kanali — @vacancy_argos