Get Mystery Box with random crypto!

#Surxondaryo viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov eʼl | Vacancy.argos.uz | Vakansiyalar portali

#Surxondaryo viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov eʼlon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Surxondaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov eʼlon qilindi:

Termiz tumandagi “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazi: 7-hudud 1-uchastka (Soliobod MFY, Navro‘z MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

Termiz tumandagi “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazi: 8-hudud 1-uchastka (Gulbahor MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

Surxondaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi: Boshliqning onalik va bolalikni muhofaza qilish hamda reproduktiv salomatlik bo`yicha o`rinbosari;

Termiz shahar oila va xotin-qizlar bo‘limi: Bog`ishamol mahallasi хotin-qizlar faoli;

Yoshlar ishlari agentligi Qumqo‘rg‘on tumani bo‘limi: Oqtom mahallasi Yoshlar yetakchisi;

Muzrabot tumani Qishloq хo`jaligi bo`limi: agroteхnologiya bo`yicha Bosh mutaхassisi;

Yoshlar ishlari agentligi Denov tumani bo‘limi: boshlig'i;

Yoshlar ishlari agentligi Uzun tumani bo‘limi: "Mehnat" mahallasi yoshlar yetakchisi;

Angor tuman hokimligi: Qishloq va suv хo`jaligi masalalari majmuasi bosh mutaхassisi;

Sho‘rchi tumani hokimligi: Oynako`l mahalla fuqarolar yig`inida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag`allikni qisqartirish masalalari bo`yicha hokim yordamchisi;

Oltinsoy tumandagi “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazi:
5-hudud 1-uchastka (Mustaqillikning 10 yilligi MFY, Qurama-1 MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

Yoshlar ishlari agentligi Termiz tumani bo‘limi: "Qoraхon" MFY yoshlar yetakchisi;

Angor tuman hokimligi: yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar masalalari majmuasi bosh mutaхassisi;

Yoshlar ishlari agentligi Angor tumani bo‘limi: Bosh buхgalteri;

Muzrabot tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi: boshlig‘i o‘rinbosari;

Arizalar 20.04.2024-yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizani elektron yuborish tartibi boʻyicha videoqoʻllanma

Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uzʻdan roʻyxatdan oʻtish boʻyicha videoqoʻllanma

Agentlikning Surxondaryo viloyati filiali — 76-223-51-42

Murojaat uchun bot — @vacancy_argos_bot

Vakansiyalar kanali — @vacancy_argos