Get Mystery Box with random crypto!

#Sirdaryo viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon | Vacancy.argos.uz | Vakansiyalar portali

#Sirdaryo viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:

Yangiyer shahar kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi: Bo'lim boshlig'i o'rinbosari;

Boyovut tumani kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi: Bo'lim boshlig'i o'rinbosari;

Guliston tumani hokimligi: "Oqoltin" mahallasidagi hokim yordamchisi.

Arizalar 20.04.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Quyi Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi: Suv yetkazib berish хizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish sho'basi boshlig'i;

Davlat o'rmon xo'jaligi: Boshliq o'rinbosari.

Arizalar 21.04.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma

Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma

Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93

Murojaat uchun bot — @vacancy_argos_bot

Vakansiyalar kanali — @vacancy_argos