Get Mystery Box with random crypto!

#Sirdaryo viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon | Vacancy.argos.uz | Vakansiyalar portali

#Sirdaryo viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:

Sport boshqarmasi: Aхborot-tahlil va ijro intizomi sho'basi yetakchi mutaxassisi;

Guliston shahar hokimligi: Devonxona bosh mutaxassisi;

Mirzaobod tumani yoshlar ishlari bo'limi: "Do'ngariq" mahallasidagi yoshlar yetakchisi;

Sayxunobod tumani qishloq xo'jaligi bo'limi: Bo'lim boshlig'i;

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Sirdaryo tumani bo'limi: Bosh mutaxassis.

Arizalar 09.04.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma

Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma

Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93

Murojaat uchun bot — @vacancy_argos_bot

Vakansiyalar kanali — @vacancy_argos