Get Mystery Box with random crypto!

MUHIM XABAR! O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi abituriyen | O'zXIA ma'naviyat

MUHIM XABAR!

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi abituriyentlari diqqatiga!

Dastlabki imtihonda qanday ishtirok etiladi?

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining bakalavriat “Islomshunoslik” va “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishlariga 13-14-iyul kunlari DASTLABKI IMTIHON o‘tkaziladi. Imtihon o‘tkazish jadvallari Akademiyaning iiau.uz sayti hamda https://t.me/iiau_official rasmiy telegram kanali orqali e’lon qilinmoqda.

Imtihon kuni, vaqti va guruhlarni quyidagi ro‘yxat orqali bilib olishingiz mumkin!

13-iyul
kuni DASTLABKI IMTIHONda ishtirok etadigan abituriyentlar ro‘yxati

1-SMENA UCHUN (MATN USTIGA BOSING).

2-SMENA UCHUN (MATN USTIGA BOSING).

1-smena
uchun ro‘yxatga olish 13-iyul kuni soat 08:30 gacha. “Dastlabki imtihon” soat 09:00 – 12:00 da o‘tkaziladi.

2-smena uchun ro‘yxatga olish 13-iyul kuni soat 15:30 gacha. “Dastlabki imtihon” soat 16:00 – 19:00 da o‘tkaziladi.

Eslatma! Imtihon kuni abituriyentlar o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjat (passport yoki ID kartasi) hamda til sertifikati(mavjud bo‘lsa) bilan kelishi so‘raladi.

Imtihon adolatli va shaffof o‘tkazilib, abituriyentlarning imtihon jarayonida turli vosita (Shpargalka, qo‘llanma…)lardan foydalanishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.

Imtihon o‘tkazish tartib-qoidalarini buzgan abituriyentlarga nisbatan dalolatnoma tuzilib, o‘sha vaqtning o‘zida ular imtihondan chetlashtiriladi.

Imtihon jarayonlari to‘liq onlayn translatsiya qilinadi hamda video kuzatuv asosida tashkil etiladi.

Hurmatli abituriyentlar o‘z bilimingiz bilan imtihonda ishtirok eting. Oldinda turgan sinovlarda barchangizga omad tilaymiz!

Murojaat uchun telefonlar: (71) 244-00-42, (71) 244-50-76, (71) 244-96-13, (71) 244-94-67, (71) 244-95-93 (xorijiy fuqarolar uchun).

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Qabul komissiyasi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!


iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram