Get Mystery Box with random crypto!

Kechmishlar Do'stlar quloq tutmas qalbingga, Sen haqda g'iyba | UzTwit

Kechmishlar

Do'stlar quloq tutmas qalbingga,
Sen haqda g'iybatlar bob, bob.
O'zing quloq bermas yurakni
Manzil qilar qaysi oftob?!

Istaging o'qishin istaysan,
Ko'zingda istaklar ming kitob.
Ko'nglingga qarashsa yaxshi-yu,
Ko'ngling qaramaydi-chin azob.

Bu- azal bitgan bir hikoya,
Azaldan nishonga tekkan o'q.
Tegrangda million jon bor-u,
Yo'lingda sen istar odam yo'q.

Bo'shliq boshliq bo'lgan botinda
Sukutning jarangi sazoyi.
Oq bulut kutyapdi qalb toqi,
Oq yulduz kutyapdi fazoing.

Dilso'z Azimova
@UzTwit