Get Mystery Box with random crypto!

Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi tashabbusi bilan must | Uzttnews (Ўзбекистон ва жаҳон стол тенниси янгиликлари)

Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi tashabbusi bilan mustaqilligimizning 31 yillik shodiyonalari munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” ezgu shior ostida turli xil tadbirlar tashkillashtirdi.

Buxoro davlat tibbiyot instituti qoshidagi akademik litseyi sport zalida bo‘lib o‘tgan stol tennisi musobaqasi ham ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
Ushbu musobaqada viloyat davlat soliq boshqarmasi hamda shahar va tumanlardagi davlat soliq inspeksiyalaridan tashrif buyurgan 60 dan ortiq ishtirokchilar o‘zaro kuch sinashdilar.

Bellashuvlarda xodimlar o‘z mahorat va epchilliklarini namoyon etishdi. Musobaqa g‘oliblariga viloyat davlat soliq boshqarmasi hamda viloyat davlat soliq xizmati organlari xodimlari birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasining esdalik sovg‘alari topshirildi.

@uzttnews