Get Mystery Box with random crypto!

Ertaga eksternat tartibidagi imtihonlarda qatnashishga ariza t | Ta'lim nazorati

Ertaga eksternat tartibidagi imtihonlarda qatnashishga ariza topshirishning so‘nggi kuni

Turli sabablarga ko‘ra umumiy o‘rta ta’limni yakunlay olmagan fuqarolarning eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tkaziladi.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qaroriga muvofiq, eksternat tartibida imtihon olish uchun arizalar qabul qilish davlat xizmati shaklida amalga oshiriib, arizalar har yili 1-martdan 1-mayga qadar (shu kuni ham) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.

Mazkur davlat xizmati bepul amalga oshiriladi.

Fuqarolar aynan ta’lim olgan maktab joylashgan hududga emas, hozirda doimiy (yoki vaqtinchalik) yashayotgan hududdagi eksternat maktabga onlayn ariza yuborishlari ham mumkin.

Buning uchun maktab yoki hududiy bo‘limlarga borish shart emas.


Yuqoridagi video-yo‘riqnoma orqali eksternat tartibidagi imtihonlar borasidagi barcha savollaringizga javob olishingiz mumkin.

2023-2024-o‘quv yilida eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkaziladigan maktablar ro‘yxati

Ta’lim nazorati rasmiy kanali