Get Mystery Box with random crypto!

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tasha | Ta'lim nazorati

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashabbusi bilan joriy yilning 26-27-mart kunlari Pedagoglarni kasbiy rivojlanishiga koʻmaklashish va metodik qoʻllab-quvvatlash uchun Metodik marafon oʻtkazilmoqda.

Marafonning 1-kunida quyidagi mavzular bo‘yicha ma’lumotlar beriladi:

STEM yondashuvi va sinf uchun ta’lim amaliyotlari (10:00)

Trener-oʻqituvchi: Dilek Erduran Avcı va Fikret Korur, Burdur Mehmet Akif Ersoy universiteti doktor, professorlari

Matematika ta’limida kasbga yo‘naltirib o‘qitish ahamiyati (10:40)

Trener-oʻqituvchi: Akmalov Abbos Akramovich, Nizomiy nomidagi TDPU, "Matematika va uni o‘qitish metodikasi" kafedrasi mudiri, p.f.n. dotsent

O‘quvchilarning matematik savodxonligini oshirishda tanqidiy fikrlashga o‘rgatish (PISA misolida) (11:20)

Trener-oʻqituvchi: Tojiyev G‘ayrat Nematovich, Navoiy viloyat Pedagoglarni yangi metodikalalarga o‘rgatish milliy markazi matematika fani katta o‘qituvchisi

Intizom va erkinlik orasidagi muvozanat: tarbiyasi og‘irmi yoki tarbiyalash og‘irmi? (10:40)

Trener-oʻqituvchi: Sadikov Hamro Madrimovich, "Evristika" onlayn kursi asoschisi

Ta’lim jarayonida tabiiy-ilmiy savodxonlikni shakllantirish usullari (11:20)

Trener-oʻqituvchi: Baymuratova Muqaddas Xamdamovna, Toshkent shahri, Sergeli tumani, 7-maktab fizika fani o‘qituvchisi

Ona tili darslarida 4K ko‘nikmalarini shakllantirish (10:40)

Trener-oʻqituvchi: Dushayeva Nazokat Sharofiddinovna, Toshkent viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi katta o‘qituvchisi

O‘zbek tili darslarida o‘quvchilarda XXI asr ko‘nikmalarini shakllantirish (11:20)

Trener-oʻqituvchi: Daniyarova Sarvinoz Shuxratovna, Buxoro viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazidagi metodik xizmat bo‘limi o‘zbek tili metodisti

Telegram Instagram
Facebook X (Twitter)
YouTube Trm.uz