Get Mystery Box with random crypto!

Xorijda oʻqish va malaka oshirish boʻyicha stipendiyalar tanlo | Ta'lim nazorati

Xorijda oʻqish va malaka oshirish boʻyicha stipendiyalar tanlovi gʻoliblari taqdirlandi

Joriy yilning 21-may kuni “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan matematika, kimyo, biologiya va geologiya fanlari yoʻnalishlarida magistratura va doktoranturada tahsil olish, stajirovka oʻtash va malaka oshirish dasturlari boʻyicha oʻtkazilgan tanlov gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

“Yangi Oʻzbekistonni bilimli, fidoyi, vatanparvar yoshlar bilan birga bunyod etamiz!» shiori ostida oʻtgan tadbirda taniqli olimlar, akademiklar, adabiyot va sanʼat namoyandalari hamda jamgʻarma tomonidan oʻtkazilgan stipendiya tanlovlarida gʻolib boʻlib, Amerika Qoʻshma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Fransiya, Rossiya, Belgiya, Yaponiya kabi mamlakatlarda tahsil olayotgan talabalar va tadqiqotchilar ishtirok etdi.

Batafil: https://tdi.uz/news/811/

Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari
Telegram | Facebook| YouTube|Instagram