Get Mystery Box with random crypto!

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Telegram kanalining logotibi uzswlu — O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ O
Telegram kanalining logotibi uzswlu — O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
Kanal manzili: @uzswlu
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 12.75K
Kanalning ta’rifi

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)
(99895) 197 41 44
(99895) 198 41 44
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉 @otabek_ibragimov

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2023-06-13 14:18:28
#uchrashuv

Bugun Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rahbariyati va Serji-pontuaz universiteti huzuridagi Pedagoglar tayyorlash milliy instituti professorlari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda mehmon institut vakillari:

-Florans Brey (Serji-pontuaz universiteti huzuridagi Pedagoglar tayyorlash milliy instituti aloqalar boʻlimi boshligʻi)

-Fransin Voltz (Serji-pontuaz universiteti huzuridagi Pedagoglar tayyorlash milliy instituti oʻqituvchisi)

Elza Karon (Serji-pontuaz universiteti Til markazi boshligʻi) ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida OʻzDJTU, Samarqand davlat chet tillar instituti va Serji-pontuaz universiteti huzuridagi Pedagoglar tayyorlash milliy instituti oʻrtasida Erasmus+ loyihasining hisoboti va muassasalar oʻrtasida ilm-fan va taʼlim sohasidagi hamkorlik istiqbollari, institutlar oʻrtasida qoʻshma taʼlim dasturlarini yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.

@uzswlu
1.2K views11:18
Ochish/sharhlash
2023-06-12 12:54:46 #tabrik

Shu yilning 10-va 11-iyun kunlari IIV madaniyat saroyida Toshkent shahrida joylashgan Xitoy madaniyati markazi bilan hamkorlikda Xitoy Xalq Respublikasining Oʻzbekistondagi Elchixonasi tomonidan talabalar va oʻquvchilar uchun 22- va 16- “Xitoy tili koʻprigi” xalqaro bellashuvi oʻtkazildi.

Tadbirda O‘zDJTU Xalqaro hamkorlik boʻlimi prorektori Abidjanov A. S. soʻzga chiqib bellashuv final bosqichiga chiqqan universitetimiz talabalari Kusimbekov Quanish, Xudoyberdiyeva Muxlisa va Romonova Annalarni qutladi.

Birinchi oʻrinni magistraturaning 1-kurs talabasi Xudoyberdiya Muxlisa egalladi.
Grand-pri esa Sharq filologiyasi 3-kurs talabasi Romanova Annaga nasib etdi.

Finalistlar qayd etishicha:
Tayyorlanish davomida katta yordamni
Xitoy tili nazaroyasi va amaliyoti kafedrasi oʻqitivchilari, ayniqsa O‘zDJTU faxriy professori Zoya Ivanovna 董老师 va 雪梅老师 oʻqituvchisi koʻrsatdilar.

Shuningdek, talabalarni fakultet dekani Pulatjon Omonov va kafedra muovini, dotsent Shahnoza Hakimova faol tarzda qoʻllab quvvatladilar.
Endilikda bu talaba qizlar yurtimiz nomidan bu bellashuvning xalqaro bosqichida qatnashadilar.

Talabalarimizning kelgusidagi ishlarida omad tilab qolamiz!

@uzswlu
1.9K viewsedited  09:54
Ochish/sharhlash
2023-06-12 12:54:33
1.7K views09:54
Ochish/sharhlash
2023-06-11 14:00:48 #qabul_2023_uzswlu

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti qabul komissiyasi oʻz faoliyatini boshladi.

Barcha abituriyentlar savollari boʻyicha quyidagi telefon raqamlari(Call center)ga murojaat qilishlari mumkin.

+998951974144
+998712301283
+998901784570

uzjtumta@gmail.com

OʻzDJTU rasmiy telegram kanali

https://t.me/UzSWLU


Ish vaqti: 9:00 dan 18:00 gacha
2.2K views11:00
Ochish/sharhlash
2023-06-08 16:05:49
#hindiy_tili_kuni

Bugun OʻzDJTU 2-ingliz binosida "Hindiy tili kuni" munosabati bilan tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirga Hindistonning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Manish Brabxat tashrif buyurdi.

Tadbirni Hindiston elchisi va Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektor Alisher Abidjanov ochib berdi.

Shundan soʻng talabalar ishtirokida hind qoʻshiqlari kuylandi, raqslari ijro etildi, Hindistonni tarannum etuvchi sheʼrlar aytildi, qiziqarli viktorina uyushtirildi. Viktorinada yutgan talabalar estalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Tadbir soʻnggida oʻzbek raqslari poppurisi ham namoyish etildi.

@uzswlu
2.6K views13:05
Ochish/sharhlash
2023-06-08 16:05:26 Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti 2-kurs talabalari nomidan ijtimoiy tarmoqda tarqalgan shikoyat yuzasidan

RASMIY MUNOSABAT


Aytish joizki, o'quv jarayoni 2022-2023 o'quv yili yil boshida tasdiqlangan va 2023-yil boshida anomal sovuq tufayli moslashtirilgan grafik asosida davom etmoqda. Bu borada fakultet professor-o'qituvchilari va talabalariga har semestr boshida xabar berilgan.

O'quv auditoriyalari bilan yuzaga kelgan muammo hozirda bartaraf etilgan va dars jadvallari professor-o'qituvchilarning darslarini hisobga olgan holda kunning qulay vaqtiga moslab o'zgartirilgan.

Hurmatli talabalar! Agar sizda taʼlim jarayoni bilan bogʻliq qandaydir tushunmovchiliklar boʻlsa +998 97 777 99 26 raqamiga murojaat qilishingizni soʻraymiz.

@uzswlu
2.6K viewsedited  13:05
Ochish/sharhlash
2023-06-06 17:28:11
Ingliz filologiyasi 2014 guruh talabalariga “Arab tilini o`rganishda yangi texnologiyalar” mavzusida ochiq dars bo`lib o`tdi.
1.0K viewsedited  14:28
Ochish/sharhlash
2023-06-06 16:32:15
2023-yil 1-iyunda Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti – “Times Higher Education” agentligi tomonidan e’lon qilingan “THE Impact Rankings” reytingida O‘zbekiston Respublikasining 47 ta oliy ta’lim muassasalari qayd etildi.

Mazkur ro‘yxatda ilk bor O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti umumiy hisobda 1001+ natijani qayd etdi va BRM bo‘yicha qo‘yidagi ko‘rsatkichlarga erishdi:

BRM 4 “Umumqamrovli va adolatli sifatli ta’limni ta’minlash” maqsadi bo‘yicha 1001+ o‘rinni egalladi:

BRM 5 “Gender tenglikni ta’minlash va barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish” maqsad bo‘yicha 300+ o‘rinni egalladi:

BRM 6 “Barcha uchun suv resurslari va sanitariyaning mavjudligi hamda ulardan oqilona foydalanishni ta’minlash” maqsad bo‘yicha 400+ ko‘rsatkichlariga erishdi.

Bu universitet jamoasining hamjihatlikdagi mehnati natijasidir!
1.3K viewsedited  13:32
Ochish/sharhlash
2023-06-06 16:17:38
2023 yil 3-iyun sanasida Al-Fraganus universitetida Oliy ta'lim muassasalari hamda nodavlat ta'lim muassasalari 1-kurs talabalari o‘rtasida "Arab tili olimpiada"si bo`lib o`tdi.

Unda O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti arab tili yo'nalishi talabalari Qambaraliyeva Azizaoy Ulug'bek qizi va Rashidova Amina O'ktam qizi 3-o'rin sohibasi bo’lishdi.

Talabalarimizni bu yutug‘i bilan tabriklab, kelgusi o‘qish va ishlarida zafarlar tilab qolamiz
1.2K views13:17
Ochish/sharhlash
2023-06-06 15:39:47
Xabaringiz bor Yangi loyiha haqida xabar bergan edik.

Ishtirokchilarning, talabgor iqtidorli talabalarning taklif va istaklariga ko'ra Antologiyaga hujjatlarni qabul qilish muddati 15-maydan 15-IYUN sanasigacha uzaytirildi.

Ma'lumot o'rnida
Antologiyani chop etish sanasi :
20-iyun

Antologiyada ishtirok etish talablari

Murojaat uchun

Nomdor hamda davlat stipendiyalariga hujjat qabul qilish jarayonlarigacha e-to'plam va tashakkurnoma va sertifikatni qabul qilib olgan bo'lasiz.

Shoshiling. Vaqt kam qoldi
Bizning kanal https://t.me/UzDJTUTijoratlashtirish
1.3K views12:39
Ochish/sharhlash