Get Mystery Box with random crypto!

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetiga Janubiy Koreya | O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetiga Janubiy Koreyaning Duksung ayollar universiteti rektori Gun-Hee Kim xonim hamda oliygohning Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektori tashrif buyurdi.

Mehmonlar OʻzDJTU Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektori Alisher Abidjanov tomonidan kutib olindi.

Tashrif doirasida 2023-2024 oʻquv yilidan boshlab talabalar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, 2024-2025 oʻquv yilidan esa «2+2» dasturini amalga oshirish ishlarini boshlash yuzasidan fikr almashildi.

Yakunda bir nechta muvaffaqqiyatli kelishuvlarga erishildi.

@uzswlu