Get Mystery Box with random crypto!

Markaziy Osiyoda millatlararo tinchlikka rahna solayotgan muam | The Uzbeks | O'zbeklar



Markaziy Osiyoda millatlararo tinchlikka rahna solayotgan muammo - tojik hukumatining ulug' davlatchilik, oriyparast va antiturk siyosati haqida (1-qism)

Tojikiston hukumati tomonidan ilmiy-akademik doiralarga o'tkazib kelinayotgan bosim va amaldagi tuzumning mafkuraviy vasvasalariga ko‘ra, barcha insoniy va ijtimoiy fanlarni ozmi-ko‘pmi siyosiylashgan deb hisoblash to'g'ri bo'ladi. Mamlakatda barcha postsovet respublikalaridagi kabi, millatning hozirgi joylashgan hududida mavjudligini qadimiylashtirish tendensiyasi milliy nuqtai nazarning asosiy va ajralmas bo'lagi hisoblanadi. Ushbu hodisaning tarixiy tahlili sovet zamonida kelib chiqqan tojik millatining tarixiy mavjudligini hayratomus tarzda qadimiylashtirish orqali amalga oshiriladi. Vaholanki, etnik birliklar u yoki bu hududda obyektiv va tabiiy faktlarga asosan mavjud bo'lib, ularning tarixini asossiz ulug'lashtirish ilmiy mantiqqa mutlaqo ziddir. Ammo bugungi kunda bunday g'ayriilmiy hodisalar o'zbek qo'shnisi bilan raqobatdagi Tojikiston uchun siyosiy va iqtisodiy ahamiyat kasb etadi.

Kanal:
@The_Way_of_Turan

Batafsil:
https://telegra.ph/Markaziy-Osiyoda-tojik-millatchiligi-1-qism-mafkuraviy-raqobat-03-29