Get Mystery Box with random crypto!

#Turkmenistan Turkman gaziga kim egalik qilmoqda? Turk | The Uzbeks | O'zbeklar

#Turkmenistan

Turkman gaziga kim egalik qilmoqda?

Turkmanistonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovi o‘tkazilishiga bir oydan kamroq vaqt qoldi. Katta ehtimol bilan amaldagi prezidentning o‘g‘li Serdar Berdimuhamedovning g'alabasi tahmin qilinmoqda. Prezident almashgach turkman gazi eksportidagi vaziyat qanday bo'lishi so'roq ostida.
Hozirgi vaqtda Turkmaniston gaz eksportining 93%i Xitoy hissasiga to'g'ri keladi, bu esa Xitoyning yillik gaz iste'molining 10%ini tashkil qiladi. Ammo Turkmaniston gaz eksportidan deyarli hech narsa olmaydi. Chunki, tabiiy gaz konlarini o‘zlashtirish Xitoy kompaniyalari tomonidan moliyalashtirilgan bo'lib, uning badali ushbu qimmatbaho resurs bilan to‘lanadi. Bu kabi jiddiy iqtisodiy qaramlikning xavfliligi yil sayin ortib borayotgan gaz eksportining 2019-yilda mamlakatni iqtisodiy inqirozdan qutqara olmaganida yaqqol ko'zga tashlandi.
Obyektiv ravishda eksportni tubdan qayta yo‘naltirish uchun imkoniyatlar unchalik ko‘p emas. Xitoy u yerda juda qattiq o'rnashib olgan va Turkmaniston resurslariga bo‘lgan ustuvor huquqidan osonlikcha voz kechmaydi. Turkmaniston hukumati tabiiyki, Xitoyga gaz yetkazib berishni diversifikatsiya qilishni xohlaydi, lekin avtoritar Ashxobod hukumati o'zining ichki siyosatda supporteri, tashqi siyosatdagi valine'mati (Xitoy)ga qarshi jiddiy qarshilik qilishga ojiz. Qolaversa, Xitoy vaziyat taqazosi sabab Turkmaniston uchun yagona bozor bo'lib qolgan. Chunki, mamlakatning Hindiston va Pokiston bozorlariga chiqish loyihasining Afg'oniston yo'lagi hali qurilmagan. G'arbiy Yevropaga eksportni yiriklashtirishga Rossiya bilan o'rtadagi sovuq munosabatlar to'sqinlik qiladi. Janubiy gaz yo‘lagini yaratish uchun esa Transkaspiy quvuri kerak, ammo Eron bunga rozi bo‘lmaydi. Ushbu sabablarga ko'ra, turkman gazi eksportini millat rahbari emas, uning tanho importyori belgilab beradi.
Hozirda, Amudaryo bo'yidagi deyarli barcha konlar xitoyliklar nazorati ostida. Turkmaniston rejimiga asosiy moliyaviy va siyosiy yordam Xitoydan keladi. Turkmanistonda hokimiyat meros bo'lib qolayotganini hisobga olsak, katta ehtimol bilan gaz eksportida hech qanaqa o'zgarish bo'lmaydi. Hukumat siyosati mavjud vaziyatni saqlab qolishga qaratilgan va bu siyosatdan Xitoy to'laqonli manfaatdor.

Kanal:
@The_Way_of_Turan