Get Mystery Box with random crypto!

Mustaqillik bayrami tabrigi 1 sentabr – Mustaqillik kuni mam | UZSTAT | Rasmiy kanal

Mustaqillik bayrami tabrigi

1 sentabr – Mustaqillik kuni mamlakatimiz istiqlolga erishgan, jahon xaritasida yangi, mustaqil va suveren davlat – O`zbekiston Respublikasi paydo bo`lgan, xalqimizning asriy orzu-intilishlari ro`yobga chiqqan buyuk tarixiy sana bo`lib, el-yurtimiz tomonidan eng ulug`, eng aziz bayram sifatida har yili keng nishonlanib kelinadi.

Shu munosabat bilan, Davlat statistika qo`mitasi jamoasi barcha vatandoshlarimizni Mustaqilligimizning 31 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi.

Go`zal va betakror mamlakatimizda, har bir oilada, xonadonda tinchlik va farovonlik hukm sursin!
O`zbekistonimiz doimo gullab-yashnasin!
Mustaqilligimiz abadiy bo`lsin!

| Facebook | Telegram | Instagram | Youtube