Get Mystery Box with random crypto!

​Hurmatli hamkasblar, aziz temiryo‘lchilar! Sizlarni, Siz orq | "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ

Hurmatli hamkasblar, aziz temiryo‘lchilar!

Sizlarni, Siz orqali jamoa va oila aʼzolaringizni jonajon vatanimiz O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi bilan samimiy tabriklaymiz!

Barchamiz uchun eng ulug' va eng aziz hisoblangan, xalqimizga erkin, baxtli va farovon, xech kimdan kam bo‘lmagan xayot kechirish baxtini bergan, huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish uchun beqiyos imkoniyatlar yaratgan, qalblarimizga cheksiz faxr-iftixor, ko‘ngillarimizga g'urur baxsh etgan bayram barchamizga muborak bo‘lsin!

Barchangizga uzoq; umr, mustahkam sog'liq, baxt-saodat, el-yurtimizga kut- baraka, tinchlik-xotirjamlik, mustaqil Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi ishlaringizda rivoj va omad tilayman.

Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

Hurmat bilan,
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Boshqaruv raisi v.b.
X.Xasilov

O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi
Q.Sabirov

|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|