Get Mystery Box with random crypto!

YO`LOVCHI POYEZD VAGONLARIDA UY HAYVONLARINI TASHISH TARTIBI ⠀ | “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ

YO`LOVCHI POYEZD VAGONLARIDA UY HAYVONLARINI TASHISH TARTIBI

Yo`lovchi poyezdlar vagonlarida uy hayvonlarini tashishda quyidagilar talab etiladi:

- uy hayvonlarining sog`lomligi to`g`risidagi tegishli veterinariya guvohnomalari;
- maxsus quti (konteyner, qafas, savat);

Yo`lovchi tashish poyezdlarida kichik uy hayvonlari, agar bu veterinariya qoidalari bilan taqiqlanmagan bo`lsa, barcha vagonlarda tashishga yo`l qo`yiladi.

Kichik uy hayvonlari qutilar, savatlar, qafaslarga joylashtirilgan bo`lishi va qo`l yuki tashilishi uchun ajratilgan joylarda bemalol joylashishi kerak.

Yo`lovchi tashish poyezdlarida (yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlar bundan mustasno) katta zotli itlarni, shu jumladan, xizmat itlarining tashilishi egasining ixtiyoriga ko`ra it uchun yo`lovchi tashish poyezdlari kupe vagonlarida butun kupe sotib olinishi sharti bilan tashilishi mumkin.

Shuningdek, yo`lovchi poyezdlarda uy hayvonlarini tashishda itlar — og`iz qismiga maxsus g`ilof taqqan holda bo`lishi lozim.

Qo`shimcha ma'lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.04.2012 yildagi 109-sonli "O`zbekiston Respublikasi temir yo`l transportida yo`lovchilar, bagaj va yuk bagaj tashish qoidalari" nomli qaroridan olishingiz mumkin.

"O`ztemiryo`lyo`lovchi" AJ matbuot xizmati