Get Mystery Box with random crypto!

XARID QILINGAN BIRINCHI PLATSKART VAGON HARAKATNI AMALGA OSHIR | “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ

XARID QILINGAN BIRINCHI PLATSKART VAGON HARAKATNI AMALGA OSHIRDI

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan xarid qilingan 3 ta plaskart vagondan birinchisi 2022-yil 23-dekabr sanasidan 54/53-sonli “Toshkent — Nukus — Toshkent” yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdida harakatni amalga oshirdi.

Mazkur platskart vagon zamonaviy, o'ziga xos dizaynga ega bo'lib, 54 ta o'rin bilan ta'minlangan.

Yo'lovchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida vagonlarda "USB"-portlar, uyali aloqa vositalarini quvvatlash uchun 220 voltli rozetkalar, bundan tashqari vagondagi har bir o'rindiq maxsus parda bilan jihozlangan.

Vagon ichki haroratini nazorat qilishda elektron pult-tablolar o'rnatilgan hamda konditsioner tizimi bilan jihozlangan. Vagonning ichki haroratini isitish maqsadida ikki xildagi tizim o'rnatilgan, birinchi tizim bu — elektr toki yordamida isitish va ikkinchi tizim — vagonni boshqa turdagi yoqilg'i bilan isitish.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati