Get Mystery Box with random crypto!

Biz ALFA avlodlarni tarbiyalayapmiz 1991-yilda amerikalik oli | PREP.UZ - 🏠👩‍💻👨‍💻

Biz ALFA avlodlarni tarbiyalayapmiz

1991-yilda amerikalik olimlar Neyl Xou (Neil Howe) va Vilyam Shtraus (William Strauss) tomonidan ushbu holat o‘rganilib, avlodlar nazariyasi yaratildi. Unga ko‘ra, har 20-25 yilda insonlarning yangi avlodi dunyoga kelar ekan, ya'ni, avlodlar nazariyasi bu:

- Yo‘qotilgan avlod: 1880-1900 yillarda tug‘ilgan;
- Buyuk avlod, g‘oliblar avlodi: 1901-1924 yillarda tug‘ilgan;
- Jim avlod: 1925-1945 yillarda tug‘ilgan;
- Baby Boomerlar avlodi: demografik portlash davrida 1946-1964 yillarda tug‘ilgan;
- X avlod, noma’lum avlod: 1965-1982 yillarda tug‘ilgan;
- Y avlod, milleniallar: 1982-1995 yillarda tug‘ilgan;
- Ζ avlod, zumerlar: 1995–2010 yillarda tug‘ilgan;
- Alfa avlod: 2010-2025 yillarda tug‘ilgan.

Qo‘lida smartfon bilan dunyoga kelgan raqamli avlod

Raqamli avlod deb 1995–2010 yillarda tug‘ilgan Z avlod va 2010-2025 yillarda tug‘ilgan Alfa avlod vakillarini aytishadi. Boisi, ular raqamli texnologiyalar tezkor rivojlanayotgan davrda dunyoga kelgan planshet, iPad, VR va 3D reallikni faol qo‘llaydigan avloddir.

Raqamli avlodga quyidagi xususiyatlar xos: yosh, butunlay raqamli, ular internet va ijtimoiy media asrida tug‘ilgan, eng so‘nggi rusumdagi texnik moslamalar bilan deyarli to‘liq ta’minlangan, yuksak intellektual salohiyat, ijodiy tafakkur, yangi reallikka tez moslashuvchanlik, tadbirkorlik.

Ba’zida raqamli avlod vakillarini IGen (Internet generation) – internet-avlod deyishadi. Chunki, ular hayotini internet va smartfonsiz tasavvur qila olishmaydi. Global tarmoqda o‘sayotgan Z avlodning yashash makoni bu virtual dunyodir. Ular jonli suhbat o‘rniga tarmoqdagi matnli muloqotni (ko‘pincha hech qachon ko‘rmagan “do‘stlari ” bilan ham) afzal ko‘rishadi.

X va Y avlod dunyoqarashi asosan kitoblar hamda televizor ta’sirida shakllangan bo‘lsa, raqamli avlodning qarashlarini internet shakllantirib, kelajakda ham bu jarayon davom etadi. Ta’lim olish va tengdoshlari bilan muloqot ham onlayn formatda bo‘ladi. Bu bugunning obyektiv haqiqati bo‘lib, raqamli avlod uchun internet hamma narsani biladigan nufuzli avtoritetga aylanishga ulgurdi. Raqamli avlodning deyarli har birida bir nechta ijtimoiy tarmoqda o‘z akkaunti bor.

Yana bir e’tiborli jihat – raqamli avlodning klipli tafakkur qilish xususiyatidir. Klipli tafakkur bu atrofdagi olamni kichik hajmdagi videokliplar, qisqa metrajli yangiliklar kanali yoki boshqa muqobil ko‘rinishda qisqa, rang-barang va yorqin bo‘yoqlarda idrok qilishidir. Klipli tafakkur egalari uchun katta hajmdagi ma’lumot va axborotni qabul qilish muayyan qiyinchilik tug‘diradi. Turli axborotlarning juda ko‘pligi fikrni jamlash va o‘zlashtirish jarayonini murakkablashtiradi.


Siz qaysi avlod vakilisiz? Z avlod vakillari kirish imtihonlariga tayyorgarlik qay darajada?

@uzprep