Get Mystery Box with random crypto!

'Yulduzlar mangu yonadi' asari bo'yicha savol javoblar Qaysi | O'zbek tili va adabiyoti | O‘zbegim Education

"Yulduzlar mangu yonadi" asari bo'yicha savol javoblar
Qaysi Asarda yashinmachoq,oqsuyak singari o'yinlar haqida so'z yuritilgan?
Yulduzlar mangu yonadi

"Yulduzlar mangu yonadi"qissasi kimning to'yi bilan boshlangan?
Zulfiqor polvon

Ko'pkarida otdan yiqilib kimning bir ko'zi ojiz bulib qoladi?
Nasim polvon

Kurash musobaqasida qaysi usul man qilingan?
Qo'l chil

Man qilingan Qo'l chil usulini ikki marta qo'lagani uchun qaysi polvon badarg'a qilinadi?
Karim po'stak

Regardagi Bo'ri polvon bormagan kurashda Surxondaryolik polvonlarni bir chekkasida yiqitgan polvon Kim?
O'tan polvon

Bo'ri polvon hammadan zo'r o'zimman deb,o'zidan ancha yosh bo'lgan polvondan yengiladi.Ana shu polvon Kim edi?
Ismoil

Bo'ri polvon suygan,ammo yaqin do'sti ilib ketgan,burni puchuq qizning ismi Nima?
Momoqiz

Laylakning yurishini qilaman deb,chumchuqning puti yirtilgan ekan.Ushbu o'xshatish qaysi Asarda qo'langan?
Yulduzlar mangu yonadi

Bo'ri polvonning o'g'ling ismi Nima?
Tilovberdi

Biz polvonlik maktabida o'qimadik.Polvonlik bizga otameros.Pushtdan -pushtga,qondan-qonga o'tib kelyapti.Polvonlikning ko'zga ko'rinmas,til bilan tushuntirip bo'lmas Shunday sirlari borki,buni faqat tomirda polvonlik qoni borlargina biladi.Biz bilamiz! Bu sirlar hech qaysi kitobdan yo'q!Ushbu so'zlar qaysi polvon tilidan aytilgan?
Bo'ri polvon

Bo'ri polvon birinchi Marta kubok olganda uni nimaga o'xshatadi?
Samovorga

Qaysi polvonning tentak degan laqabi bor?
Abil polvon

Bo'ri polvonga otasi "polvon o'zini 3 balodansaqlasin"deb nimalarni nasihat qiladi?
1)ayolbozlik
2)ichkilikbozlik
3)nafs balosi

Bo'ri polvonning onasi qabriga marmartoshlarni kim qo'ydiradi?
Eski rais

U kishi menga ustoz bo'laadilar,men ustozimning yoqasidan ushlamiyman deb Kim Chori polvon bilan kurashga tushmaydi?
Temir polvon

Toboq kurashda Tilovberdi kimdan yengiladi?
Abro'y polvon

O'z qishlog'idan davraga boshqa polvon chiqmagani uchun oppoq soqoli bilan sport masteri Maksim polvonga qarshi kurashga chiqmoqchi bo'lgan polvon Kim?
Normurod polvon

Ikki polvon baravar yiqilsa,qanday yiqilish bo'ladi?
It yiqilish

Bo'ri polvonning onasining ismi Nima?
Oyxol xola

Zulfiqor polvonning to'yidagi olishda davrani kimlar boshlab beradi?
Bo'ri polvon va Xotam polvon

Nasim polvonning o'g'lining ismi Nima?
Abray polvon

Sambo bo'yicha sport ustasi Maksim Nima sababdan Tilovberdi bilan kurashga chiqmaslik uchun nimani bahona qiladi?
Tilovberdining vazni og'ir ekanligini