Get Mystery Box with random crypto!

​Muzyorar. Kanalimizda yana bir o'zbekcha subtitrli serial! S | Netflix Originals

Muzyorar.

Kanalimizda yana bir o'zbekcha subtitrli serial! Sci-Fi drama janridagi ushbu serial barcha obunachilarimizga birdek yoqishiga ishonchim komil)

Urushlar natijasida yerdagi harorat ko'tarilib, muzliklar eriy boshlagach, undagi olimlar birlashib, yerni qayta sovutish ustida ish olib borishadi. Lekin uni birato'la muzlatib qo'yishadi. Bu jarayonda kelajakni ko'ra bilgan janob Uilford ulkan poyezd quradi. Bu Nuh kemasi vazifasini o'tovchi poyezd. Poyezd yer sayyorasini tinimsiz aylanib yuradi, uni ichida esa, 3 ming odam jon saqlamoqda. Serialda insonlarni tabaqaga ajratish va buning oqibatlari haqidagi voqealarni ko'rishimiz mumkin bo'ladi.

Ushbu serial shu hafta oxirigacha kanalimizda inglizcha ovozli dublyaj va o'zbekcha subtitrlarda berib borilishni boshlaydi. Serial haftaning turli kunlarida, bir haftada 2-3 qismdan joylab boriladi. Boshlangunicha esa, kanalimizni yaqinlaringizga tavsiya qilib, obunachilarimiz ko'payishiga o'z hissangizni qo'shishingiz mumkin))

Bizdan uzoqlashmang, bizda qiziqlari hali oldinda ))

Treylerni Youtube orqali HD tomosha qilish

@uzNetflix