Get Mystery Box with random crypto!

'Sifatlarning otlashishi' Ba’zi sifatlar ot ma’nosida ishla | MyTeacher I ENGLISH

"Sifatlarning otlashishi"

Ba’zi sifatlar ot ma’nosida ishlatilishi mumkin. Ular shaxslarning hammasini yoki guruhini ifodalab ko‘plik ma’nosida ishlatiladi, lekin ko‘plik qo‘shimchasi -s qo‘shilmaydi va aniq artikl bilan ishlatiladi:

There are special schools for the blind in our country.
- Mamlakatimizda ko‘rlar uchun maxsus maktablar bor.

Immediete help was rendered to the sick.
- Kasallarga shoshilinch yordam ko‘rsatildi.

Izoh: Bir yoki bir nechta alohida shaxslarni ifodalash uchun sifatlarning man, men;
woman, women; person, persons otlari bilan birikmasi ishlatiladi: a blind man ko‘r kishi; a blind woman ko‘r ayol; two blind persons ikkita ko‘r kishi; a poor man kambag‘al kishi; two poor men ikkita kambag‘al.


Millatni ifodalovchi sifatlar, shu millatga mansub kishilarni ifo dalab
otga aylanadi:
a) -an, -ian qo‘shimchasi bilan tugagan sifatlar (Russian, Ger man) otga aylanadi hamda birlik va ko‘plikda ishlatiladi. Ko‘plikda -s qo‘shim chasini oladi va millatni ifodalaganda -s qo‘shimchasini oladi:

a Russian - rus
a Bulgarian - bolgar
a German - Nemis
a Norwegian - norveg
an American - amerikalik
two Russians - ikkita rus
two Bulgarians - ikkita bolgar
two Germans - ikkita nemis
two Norwegians - ikkita norveg
two Americans - ikkita amerikalik
the Russians - ruslar
the Bulgarians - bolgarlar
the Germans - nemislar
the Norvegians - norveglar
the Americans - amerikaliklar