Get Mystery Box with random crypto!

​Annotasiya - qandaydir nashr haqidagi qisqa axborot; hujjat, | Talabalar Kengashi

​Annotasiya - qandaydir nashr haqidagi qisqa axborot; hujjat, uning bir qismi yoki hujjatlar guruhining maqsadi, mazmuni, shakli va boshqa o’ziga xos xususiyatlari nuqtai nazaridan tavsifnomasi.


Annotasiyani tuzishga qo’yiladigan asosiy talablar
1. Kompozisiyasi mazmunan mantiqiy bo’ladi va dastlabki matn kompozisiyasidan farqlanishi mumkin.
2. Ma’lumotlarning tanlanishi, ularning ifodalanishi va joylashuvi annotasiya tusiga bog’liq bo’ladi.
3. Tili lo’ndaligi, soddaligi, aniqligi bilan ajralib turadi.
4. Dissertasiya, maqolaga annotasiya bibliografik varaqada rasmiylashtiriladi, xatboshilarsiz beriladi.
5. O’rtacha hajmi - 500 bosma belgi, kam hollarda – 800 – 1000.

 

Annotasiyani tuzishdagi asosiy xato – axborotning ko’pligi, fikrlarni ifodalashda gaplarning uzunligi, davrlarning ishlatilishi!
Ortiqcha narsalar: kirish so’zlari va gaplari, murakkab gaplardan qoching!
“Klishelashtirilgan” iboralardan foydalanib, bir qator maqolalarga annotasiyalar tuzing:

 

Annotasiya matnidagi klishelashtirilgan iboralar va so’z birikmalari:
Maqolada…lar ko’rib chiqilgan.
…ko’rsatilgan.
…ning tavsifnomasi katta o’rin egallaydi.
…keng material keltirilgan.
Tadqiqot …kabi muhim muammolarni ko’rib chiqish orqali yuritiladi.
… ning mohiyatini ochishda
Muallif …ning ilmiy ta’rifini birinchi marta beradi va hokazo.



Annotasiya boshlang’ich hujjatda so’z boradigan savolga javob beradi.

https://t.me/uzmujizzax_kengash