Get Mystery Box with random crypto!

Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash uchun Prezident granti | Talabalar Kengashi

Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash uchun Prezident granti joriy etiladi — Prezident qarori

Qarorga ko‘ra:

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash uchun Prezident granti joriy etiladi.

Davlat OTMlariga bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakliga kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlarning 200 nafari Prezident grantiga da’vogar bo‘ladi. Ular davlat granti asosida talabalikka qabul qilinadi.

Prezident grantiga da’vogarlarni aniqlashda abituriyentlarning test natijasiga qo‘shib beriladigan imtiyozli ballar hisobga olinmaydi.

Prezident granti sovrindorlari 1-kursda barcha fanlarni “a’lo” baholarga o‘qigan, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida yutuqlarga erishgan mazkur stipendiyaga da’vogar talabalar orasidan tanlov asosida aniqlanadi.

Tanlov natijalariga ko‘ra g‘olib bo‘lgan 200 nafar talabalarga prezident davlat stipendiyasi (1 992 310 so‘m) to‘lanadi.

Prezident granti uchun stipendiya 2-kursdan boshlab oyma-oy to‘lanadi hamda o‘quv semestri yakuniga ko‘ra qayta ko‘rib boriladi – stipendiya o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari “a’lo” bo‘lganda to‘lanadi.

Prezident grantini uzluksiz olgan talabalar bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos va turdosh mutaxassislik bo‘yicha magistraturaga kirish imtihonlarisiz qo‘shimcha davlat granti asosida qabul qilinadi.

@uzmujizzax_kengash