Get Mystery Box with random crypto!

O'zMU XFF | TA'LIM OLING !!!

Telegram kanalining logotibi uzmu_xff — O'zMU XFF | TA'LIM OLING !!! O
Telegram kanalining logotibi uzmu_xff — O'zMU XFF | TA'LIM OLING !!!
Kanal manzili: @uzmu_xff
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 765
Kanalning ta’rifi

O'zbekiston Milliy Universiteti hamda Xorijiy filologiya fakultetiga oid yangiliklar !!!

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2022-08-21 19:43:19 #Qabul2022

Ohirgi kun natijalari chiqdi

2022-yil 17-avgust kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida @edu_mandatbot bot'da natijalarni bilish funksiyasi qoʻshildi.

Endi abituriyentlar ushbu botga ruxsatnomani PDF shakli yoki uning quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni yuborish orqali ham toʻplagan ballni tez bilib olishlari mumkin.

Shuningdek, my.dtm.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda ham natijani bilish imkoniyati ham mavjud.

@edu_mandatbot

@UZMU_XFF
676 viewsMahammadjonov, 16:43
Ochish/sharhlash
2022-08-21 12:11:22
#Ichki_o‘qishini_ko‘chirish

Ichki o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun so‘nggi imkoniyat

2022/2023-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasasidan boshqa oliygohga o‘qishini ko‘chirish (tiklash) maqsadida transfer.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan talabalarning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.

Ammo ayrim arizalar ma’lum bir sabablarga ko‘ra rad etildi.

Rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun 22-avgust kuni soat 12:00 ga qadar so‘nggi imkoniyat berildi.

Ushbu muddatdan so‘ng tahrirlashga yo‘l qo‘yilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

Ro‘yxatdan o‘tgan barcha talabalardan o‘zlarining shaxsiy kabinetlariga kirib, arizalarining ko‘rib chiqilish holatini doimiy kuzatib borishlari so‘raladi.

@UZMU_XFF
515 viewsMahammadjonov, 09:11
Ochish/sharhlash
2022-08-20 15:57:40 Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 23-25-avgust kunlari o‘tkaziladi

Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 23-24-25-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari ochiq maydonlarda tashkil etiladi va 23-avgust kuni boshlanib, 25-avgust kuni 1-smenada yakunlanadi. Bunda test sinovlari:

-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
-smenada 18:00 dan 21:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 20 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan jami 70 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob uchun mutaxassislik fanlarida 3,15 balldan, majburiy fanlarda 2,1 balldan beriladi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining my.dtm.uz saytidan olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Davlat test markazi

@UZMU_XFF
484 viewsMahammadjonov, 12:57
Ochish/sharhlash
2022-07-07 13:53:26 #Qabul2022

Harbiy tavsiyanomaga ega bo‘lganlar uchun qo‘shimcha 5 %li qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti

Davlat komissiyasining bayoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lganlar uchun qo‘shimcha besh foizli qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lganlar uchun respublika bo‘yicha jami 9 045 ta qo‘shimcha kvota ajratildi. Ta’lim shakllari kesimida:

kunduzgi ta’lim shakli uchun – 6 151 ta (davlat granti asosida - 1588 ta, to‘lov-kontrakt asosida - 4 563);
sirtqi ta’lim shakli uchun – 2 228 ta (to‘lov-kontrakt asosida);
kechki ta’lim shakli uchun – 495 ta (to‘lov-kontrakt asosida);
masofaviy ta’lim shakli uchun – 171 ta (to‘lov-kontrakt asosida).

@UZMU_XFF
45 viewsMahammadjonov, 10:53
Ochish/sharhlash
2022-07-07 13:47:23 #Qabul2022

Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun qo‘shimcha 5%li davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti

Davlat komissiyasining bayoni bilan huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari uchun qo‘shimcha besh foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun respublika bo‘yicha jami 1 587 ta qo‘shimcha kvota ajratildi.

@UZMU_XFF
50 viewsMahammadjonov, 10:47
Ochish/sharhlash
2022-07-07 13:33:18 #Qabul2022

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imithon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati
tasdiqlandi

Mazkur ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar B1 darajasi formati va baholash mezonlari asosida o‘tkaziladi.

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan abituriyentlarga OTMlarga kirish test sinovlarida chet tili fanidan belgilangan maksimal ballga nisbatan foiz hisobida tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon topshiriladigan yo‘nalishlarni tanlagan abituriyentlarga faqat yuqorida keltirilgan 6 ta OTMning tegishli ta’lim yo‘nalishlari doirasida beshtagacha ta’lim yo‘nalishlarini tanlash imkoniyati beriladi.

Bunda, chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon topshiradigan abituriyentlarga chet tili fanidan test sinovlari topshiriladigan ta’lim yo‘nalishlarni tanlashga yo‘l qo‘yilmaydi.

@UZMU_XFF
65 viewsMahammadjonov, 10:33
Ochish/sharhlash
2022-07-07 13:26:37
#Qabul2022

Alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos kasbiy (ijodiy) imtihon va test sinovi topshiriladigan FANLAR MAJMUASI, TEST TOPSHIRIQLARI SONI hamda BAHOLASH MEZONLARI

@UZMU_XFF
68 viewsMahammadjonov, 10:26
Ochish/sharhlash
2022-07-07 13:16:27 #Qabul2022

Yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos fanlar majmuasi

Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasining bayoni bilan 2022/2023-o‘quv yilida tashkil etilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi.

@UZMU_XFF
93 viewsMahammadjonov, 10:16
Ochish/sharhlash
2022-07-07 13:16:05 #Qabul2022

Besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarining OTMlar kesimidagi taqsimoti

Davlat komissiyasining bayoni bilan kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun ajratilgan to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti

@UZMU_XFF
90 viewsMahammadjonov, 10:16
Ochish/sharhlash
2022-07-07 13:15:38
#Qabul2022

Farg‘ona viloyatining So‘x tumani uchun qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari

Davlat komissiyasining bayoni bilan 2022/2023-o‘quv yilida Farg‘ona viloyati So‘x tumani uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumiy belgilangan qabul parametrlariga nisbatan qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti.

@UZMU_XFF
78 viewsMahammadjonov, 10:15
Ochish/sharhlash