#Bilasizmi O'qituvchilarga dars soatlari ularning ko'rsatki | O'zMU XFF | TA'LIM OLING !!!
#Bilasizmi
O'qituvchilarga dars soatlari ularning ko'rsatkichlariga qarab taqsimlanadi
Maktab o'qituvchilariga dars soatlari quyidagiko'rsatkichlarning ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanadi:
xalqaro olimpiadalar g'oliblarini tayyorlagan o'qituvchilar; o'qituvchi bo'lib ishlayotgan xalqaro olimpiadalar g'oliblari; xalqaro sertifikatlarga ega o'qituvchilar; TOP-1000 universitetlardan birini bitirgan o'qituvchilar; asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi g'oliblarini tayyorlagan o'qituvchilar; o'qituvchi bo'lib ishlayotgan asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi g'oliblari; respublika bosqichidagi ko'rik tanlovlarda (yil o'qituvchisi) sovrinli o'rinlarga ega bo'lgan o'qituvchilar; oliy malaka toifasiga ega o'qituvchilar; birinchi malaka toifasiga ega o'qituvchilar; asosiy olimpiadalarning viloyat va tuman bosqichi g'oliblarining o'qituvchilari; ikkinchi malaka toifaga ega o'qituvchilar; pedagogik yo'nalish bo'yicha magistr darajasiga ega o'qituvchilar; o'z fanidan o'tkazilgan sinovlar natijasi bo'yicha a'lo baholarga ega o'qituvchilar; oliy ma'lumotli toifasiz o'qituvchilar; qayta tayyorlash bo'yicha diplomga ega o'qituvchilar; OTMning pedagogik yo'nalish bo'yicha bitiruvchi bosqich talabalari; pedagogik yo'nalish bo'yicha xorijiy davlatlarning oliygohlarini bitirgan, biroq diplomi tan olinmagan o'qituvchilar; o'rta maxsus, professional ma'lumotga ega o'qituvchilar; umumta'lim muassasasining tegishli mutaxassisligi bo'yicha rahbar xodimlari.
Umumta'lim muassasasining pedagogik kengashi tomonidan dars soatlari qayta taqsimlanishi mumkin.