Get Mystery Box with random crypto!

5120100 . Filologiya va tillarni o’qitish ta’lim yо‘nalishi bо | O'zMU XFF | TA'LIM OLING !!!

5120100 . Filologiya va tillarni o’qitish ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining tavsifi.

Bakalavrlar kasbiy faoliyatining turlari. 5120100 . Filologiya va tillarni o’qitish
ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr fundamental, umumkasbiy va maxsus tayyorgarligiga muvofiq quyidagi kasbiy faoliyat turlarini bajarishi mumkin:

- pedagogik faoliyat;
- informatsion bibliografik faoliyat;
- ilmiy-tadqiqot ishlari:
- muharrirlik
;
- tarjimonlik

Bakalavr tayyorlanadigan kasbiy faoliyatning muayyan turlari ta’lim jarayonining manfaatdor ishtirokchilari bilan hamkorlikda oliy ta’lim tizimi tomonidan aniqlanadi.

Bakalavrlar kasbiy faoliyatining vazifalari 5120100 . Filologiya va tillarni o’qitish ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha bakalavr ta’lim dasturini о‘zlashtirish natijasida kasbiy tayyorgarlikning asosiy turlari va maxsus tayyorgarligiga mos quyidagi kasbiy vazifalarni yechishi kerak:

- pedagogik faoliyat: umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’lim muassasalarida chet tili o’qituvchisi sifatida faoliyat ko’rsatish;

- informatsion bibliografik faoliyat: kutubxonalarda kutubxonachi bo’lib ishlash;

- ilmiy-tadqiqot ishlari: gumanitar yo’nalishi bo’yicha ilmiy tekshirish tashkilotlarida kichik ilmiy xodim vazifasida ishlash;

- muharrirlik: gazeta, jurnal, radio, televidenieda muharrir-tarjimon, musahhih bo’lib ishlash.

- tarjimonlik faoliyati: turli davlat va davlatga tegishli bo’lmagan xususiy tashkilotlar hamda muassasalarda tarjimonlik qilish.

Shaxsiy kanalimga qo'shiling:
@Mahammadjanov