Get Mystery Box with random crypto!

Talaba ham odammi?! Chumolidek qilar mehnat, Yozdami yo qishd | O'zbek filologiya kechki taʼlim

Talaba ham odammi?!

Chumolidek qilar mehnat,
Yozdami yo qishdami...
Qilgan ishin qilmas minnat,
Talaba ham odammi?!

Ketmon qo‘lda, qorir loy,
Pul bersangiz damlar choy,
Topsa bo‘ldi yotoq joy,
Talaba ham odammi?!

O‘qishga ham ish uchun
Kirgan edi. Xo‘sh, nechun
Dam olmaydi biron kun?
Talaba ham odammi?!

Oshqozonni aldashga
Sotib olar pirashka,
Ko‘p pul ketar lavashga,
Talaba ham odammi?!

Ofitsantlik hunari,
Mehnatdan kelmas nari,
Misoli asalari,
Talaba ham odammi?!

Mardikor bozor uyi,
Yetib qolibdi bo‘yi,
Bilmaydi qachon to‘yi?
Talaba ham odammi?!

Lekin yurar gerdayib,
Kekkayganga kekkayib,
Salom berar enkayib,
Talaba ham odammi?!

Bular bari hazilcha,
Mehnat qilmang hozircha,
Ilm oling siz ancha,
Talaba ham odamku!

Soxta so‘nggi so‘zida,
U ham sizlar tenggida,
Ilm oling vaqtida,
Talaba ham odamku!

Soxta shoir

#Kayfiyat uchun